Juma, 22.06.2018, 06:45
Мой сайт
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Dunyo [9]
Shou Biznes [4]
Sport [5]
Kino [0]
Mahalliy [14]
Texnologiyalar [2]
Mobil Operatorlar [0]
Avto [0]
Premyera [1]
Mobil telefonlar dunyosi [0]
Sulaymon Muhammadiyev [1]
Мини-чат
Статистика

Онлайн всего: 6
Гостей: 6
Пользователей: 0
Facebook’dagi Islom Karimov fondi sahifasida Muhammad Ismoil qalamiga mansub “Xalqning baxti” hikoyasi e’lon qilindi. Unda buyuk shoir, O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov nomidan hikoya qilinadi.

“Islom Karimov juda halol va haqiqatparvar inson edi. “Jannatga yo‘l” asarim yozilganda meni juda qiynashdi. Sovet davri edi. U paytlar jannat, do‘zax degan gaplar umuman ishlatilmasdi. Davlatni kommunistlar boshqarardi. Tabiiyki, ularga bunday gaplar yoqmas edi. Asarni hali qo‘lyozmalik paytidayoq o‘g‘irlab ketishdi. Xotiram shu qadar kuchli ekanki, yuz betlik she’riy dramani qayta yozib chiqdim. Men kim, sovet mafkurasining qarshisida jimitdekkina jonim bor, “puf” desa uchib ketardim. Zo‘rg‘a omon qolganman. Xalqimiz, she’riyat muxlislari meni qo‘llab turishdi. “Mushtum” jurnalida “Jannatga yo‘l” asarim ketma-ket bosildi. 17 kishi to‘planib olib ustimdan yuqoriga yozishdi: “Asarda nega poraxo‘rlik so‘zini ishlatding, sovet tuzumida poraxo‘rlik nima qiladi, sen atayin farovon turmushimizni buzib ko‘rsatayotirsan, buzg‘unchi va jamiyatimizga yot kimsasan”, deyishdi. Qattiq toshbo‘ron ostida qoldim. Ammo ne ajabki, oradan vaqt o‘tib, Qarshi Davlat dramatik teatri ushbu asarni sahnalashtirdi. Meni ham asar taqdimotiga taklif etishdi. To‘g‘risini aytsam, taqdimotga qatnashishga yuragim dov bermas edi. Lekin, hammadan jur’atliroq chiqqan teatr jamoasining taklifini rad qilolmas edim.

Buni qarangki, spektaklga o‘sha paytda Qashqadaryo viloyati obkomining birinchi sekretari bo‘lib ishlayotgan Islom Abdug‘aniyevich qatnashish istagini bildiribdilar. Battar og‘ir ahvolga tushdim. Islom Abdug‘aniyevich bu asarni qanday qabul qilishini bilmas edim. Kommunistlarni tanqid qilaman-u, kommunistlarning kattasi meni omon qo‘yarmidi, deb xavotirlana boshladim.

Islom aka bilan birinchi qatorda yonma-yon o‘tiribmiz, sahnadan “yulg‘ichlar, poraxo‘rlar, diyonatsizlar, xudosizlar” degan gaplar damba-dam eshitilib turibdi. Men esa, hozir Islom Abdug‘aniyevichning jahli chiqib ketsa, nima qilaman, deb yurak hovuchlab o‘tiribman. Asar tugadi. Bir payt Islom Abdug‘aniyevich o‘rinlaridan turdilar. Men ham sekin turdim. U kishi qulochlarini keng yozib, meni mahkam quchoqladilar. “Rahmat, shoir, ayni haqiqatni yozibsiz!” – dedilar. Yelkamdan tog‘ ag‘darilganday bo‘ldi. Ko‘zimdan yosh chiqib ketdi. “Rahmat, Islom Abdug‘aniyevich, rahmat!” — deya oldim. O‘pkam to‘lib ketgan edi, ortiq gapira olmadim. “Juda yaxshi asar yozibsiz! Bu spektaklni hamma ko‘rishi kerak. Odamlar oilalarini, bola-chaqalarini olib kelib ko‘rishi kerak. Kursida o‘tirgan har bir amaldor ko‘rishi kerak. Odamlar haqiqatni bilsin!” — dedilar. So‘ng asarni sahnalashtirgani uchun teatr jamoasiga minnatdorchilik bildirdilar.

Islom akaning da’vati bilan qashqadaryoliklar ushbu dramani ko‘p vaqt tomosha qilib yurishdi. Men Islom akaga bag‘ishlab ko‘p she’rlar yozdim. O‘shalarning biri ushbu she’rdir:

Mening mavjudligim o‘zimga kerak,

Taxtim oilamning balki taxtidir.

Islom aka, Siz bor, biz g‘olib, beshak

Sizning borligingiz xalqning baxtidir!

Islom aka haqiqatdan halol va pokiza inson edi. Yuqori mansabdorlar orasida yulg‘ich va poraxo‘r kimsalar sovet darvida ham ko‘plab topilardi. Toshkentdan viloyatlarga borib ishlab qaytgan amaldorlar qaytishida katta katta mashinalarni to‘ldirib, qimmatbaho boyliklar bilan qaytishardi. To‘plagan boyliklari tog‘day bo‘lardi. Ammo Islom Abdug‘aniyevich Qashqadaryoda eng yuqori birinchi martabali rahbar bo‘lib ishlab, Toshkentga hech vaqosiz qaytib kelgandi. Mening Suyun degan jiyanim Islom Karimovning shofyori edi. O‘sha menga hammasini ro‘yi-rost aytgan. Islom Abdug‘aniyevich qashqadaryoliklar bilan xayrlashib chiqqanida qo‘lida ikkita mayka, ikkita ko‘ylak, bitta tufli solingan sumkadan boshqa hech narsa bo‘lmagan. Islom aka bilan hamisha birga bo‘lgan shofyor jiyanim Suyun bularning hammasidan voqif edi.

Islom Abdug‘aniyevich boylikka, pulga ruju qo‘ymagan, ta’magirlikka, poraxo‘rlikka qarshi kurashgan, xalq va millat dardi bilan yashagan fidoyi va mard, halollik timsoli”, – deya so‘zini tugatdi ulug‘ ustozimiz, O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov.
Категория: Mahalliy | Просмотров: 676 | Добавил: Admin | Дата: 05.11.2017 | Комментарии (0)

HMD Global kompaniyasi arzon Nokia 2 smartfonini taqdim etdi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”.

Kompaniya ta’kidlashicha, smartfon bir marta olgan quvvat ikki kunga yetadi. Bunda qurilma odatdagi sozlamalar bilan 5 soat davomida qo‘llanilgan (o‘yinlar, qo‘ng‘iroqlar, video, internet va boshqalar), kechasi esa kutish rejimiga o‘tkazilgan. Akkumulyator sig‘imi — 4100 mA/soat.

Dizayn jihatidan smartfon boshqa zamonaviy Nokia smartfonlariga o‘xshash. Korpusiga asos qilib alyuminiy rom olingan, orqa korpus esa polikarbonatdan. Qurilma IP52 standarti bo‘yicha chang va yomg‘irdan himoyalangan.

Nokia 2 5 dyuymli HD-ekran, 4 yadroli Snapdragon 212 chipi, 1 Gb tezkor va 8 Gb doimiy xotira (+microSD), 8 megapikselli asosiy va 5 megapikselli old kameraga ega. U Android 7 Nougat operatsion tizimida ishlaydi.
Категория: Texnologiyalar | Просмотров: 283 | Добавил: Admin | Дата: 03.11.2017 | Комментарии (0)

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori, huquqshunoslik fanlari nomzodi, Favqulodda va Muxtor elchi Vladimir Norov “Slovo Kirgizstana” gazetasida maqola e’lon qildi. Maqola matni institutning Facebook’dagi sahifasiga joylandi. Unda Norov O‘zbekiston Prezidentining Tojikistonga tashrifiga tayyorgarlik ko‘rilayotganini ma’lum qildi.

“Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligidagi o‘zbek diplomatiyasi mana bir yildirki, faollik va izchillik bilan barcha chegaradosh davlatlar bilan yaqin qo‘shnichilik aloqalarini mustahkamlash yo‘lini hayotga tatbiq etmoqda”, — deyiladi maqolada.

“So‘nggi oylarda O‘zbekiston rahbari barcha qo‘shni mamlakatlar rahbarlari bilan bir necha marta rasmiy, norasmiy va xizmat uchrashuvlarini o‘tkazdi. Turkmaniston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonga bordi. Tojikistonga tashrifga tayyorgarlik ko‘rilmoqda”, — deya davom etdi Norov.
Категория: Mahalliy | Просмотров: 218 | Добавил: Admin | Дата: 03.11.2017 | Комментарии (0)


Birinchi prezidentimiz Islom Karimovning mamlakatimiz hayotida tutgan o'rni juda ulkan. O'tish davrining qiyinchiliklari, o'zligini topayotgan davlat mafkurasini yaratish, tinchligini saqlash va millatlararo totuvlikni ta`minlash kabi muhim vazifalar bu insonning yelkasiga yuk bo'lib tushgani, umrining oxiriga qadar bu ishlarni sharaf bilan uddalab o'tganini tan olishimiz kerak.

Ammo ota tirikligida sir saqlangan yoki ko'z yumib turilgan «sir»lar shitob bilan ochila boshladiki, yurtimizning aksariyat fuqarosi bu yangiliklardan hayratda qolmoqda. Keling, ko'rgan-bilganlarimiz asosida Islom Karimovning vorislari bo'lgan farzandlarining bugungi hayotiga nazar tashlaymiz.

Lola Karimova


Avvalo, eng og'ir kunlarda, butun xalq motamga cho'mgan damlarda otasini so'nggi yo'lga kuzatgan, onasiga suyanchiq bo'lgan Lola Karimova-Tillayevadan boshlasak. Unga har jihatdan og'ir mas`uliyat tushgandi. Chunki farzandlarning rasmiy va norasmiy yetakchisi bo'lgan Gulnora Karimova bu paytda katta sahnadan chetlashgan, o'g'il farzand bo'lgan (va keyinchalik rasman e`lon qilingan) Pyotr Karimovning shu paytga qadar ham biror joyda bo'y ko'rsatmagani bois bunday muhim pallada maydonga chiqishiga ham ishonish qiyin edi.

Shunday ekan, motam marosimlarida va keyinchalik ham otasini tamsil etish va oila nomidan ish yuritish masalasi farzandlar ichidan faqat Lola Islomovnaga yuklanib qoldi. Bu jarayon keyinchalik ham davom etdi hamda Islom Karimov fondini ishga tushirish, muzeylarini yaratish, umuman birinchi prezident xotirasini abadiylashtirish bo'yicha Lola Karimova-Tillayeva ko'p ishlarni amalga oshirdi va oshirmoqda. Uning oxirgi yangiligi, ijtimoiy tarmoqlarda o'zi qoldirgan xabari ko'pchiligimizni hayron qoldirgani, diqqatimizni jalb qilgani ham rost. Unda Lola Islomovna AQShni, xususan Nyu-Yorkni maqtarkan, so'z erkinligini his qilganini hamda farzandlari ham shu ne`matdan bahra olib ulg'ayishini istashini ta`kidlab o'tgan. Albatta, so'z erkinligi demokratik jamiyat qurishda, davlat taraqqiyotida muhim rol o'ynaydi.

Pyotr Karimov


Islom Karimovning o'g'li Pyotr Karimov haqida rasman e`lon qilingani haqidagi xabar ham yashindek chaqnadi. Albatta, Birinchi prezidentimizning o'g'li borligi ham ayrimlar uchun yangilik emasdi. Shunchaki, prezident hayotligida bu masala umuman ko'tarilmagan va yopiq mavzular qatorida edi. Bunga ikkita sababni ko'rish mumkin: birinchidan, prezident o'zi so'z ochmagan mavzuni muhokama qilish odatlarimizga zid bo'lsa, ikkinchidan, sharqona odobimizga ko'ra boshqa oilani, ayniqsa davlat rahbarining shaxsiy hayotini aniq ma`lumotga ega bo'lmasdan turib munozaraga qo'yish to'g'ri kelmasdi.

Ammo Pyotr Karimov haqidagi uzuq-yuluq xabarlar bolalab turardi. Xususan, uning vaqti-vaqti bilan otasining hurmati uchun yaxshigina imtiyozlar asosida poytaxt shifoxonalarida davolanib turgani, iqtisod sohasidagi faoliyati haqida eshitganmiz. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda uning keyinchalik otasi qabrini ziyorat qilib ketgani to'g'risida ham yozildi. Albatta, bu xabarlarni aniq asosga ega deb bo'lmaydi. Chunki yopiq mavzu bo'lgani bois tasdiqlash qiyin, ammo endi ochilgan ekan, asosli yangiliklardan ham boxabar bo'lib qolsak ajab emas.

Bir narsani alohida ta`kidlash kerak: Islom Karimovning o'g'li borligi to'g'risidagi xabarni olamshumul yangilik sifatida qabul qilish, bundan salbiy jihatlarni izlash, uning nimanidir sir saqlaganini noto'g'ri talqin qilish aslo durust emas.

Avvalo, bu Birinchi prezidentimizning shaxsiy hayoti. Oila nimadir sabablarga ko'ra ajralishi mumkin. O'g'li bilan uzilishib ketgan, degan gaplarga ham ishonishga asosimiz yo'q. Chunki marhum prezidentimiz nafaqat oldingi oilasi, balki qizlari to'g'risida ham ko'p gapirmagan. U insonning omma oldidagi hamma chiqishlari faqat davlat, xalq to'g'risida bo'lganini, shaxsiy masalalarni umuman tilga olmaganini hammamiz yaxshi bilamiz.

Uchinchi va asosiy nuqtaga yetib keldik. Gulnora Karimova...

Bu ism-sharif davlat ijtimoiy hayotida shunchalik ko'p ishlatilgani bois ko'pchiligimiz uni qisqagina qilib «Opa» deyishga o'rganib qolgandik. Keling, bugungi maqolada ham shu qisqartmadan ozroq foydalanib turaylik.

Opaning biznes, xayriya, madaniyat va san`at kabi sohalardagi loyihalari ko'lami juda keng edi va hatto butun respublikani qamrab olgandi, desak adashmaymiz. Bu loyihalarda poytaxtning va hududlarning eng ko'zga ko'ringan insonlari ishtirok etishar, har biriga alohida tayyorgarlik ko'rilardi. Ba`zan bunday tadbirlar aks-sadosi sarhadlarimizdan oshib, xorijda ham yangrar, dunyoning manaman degan mashhurlari ham Gugushaga o'z xayrixohliklarini namoyon etardilar. Yillar davomida opamiz diqqat markazida bo'ldi va bir kunda, bir onda yo'qolib qoldi. Bunday keskin burilishga, hammasiga bir lahzada nuqta qo'yishga faqat bir inson qodir edi. Islom Karimov prinsipidan voz kechmadi, qat`iyati yo'lida qizini ham ayamadi. Yaxshiki u bu ishlarni hayotligida amalga oshirishga ulgurdi. Aks holda, Gulnora Karimovaning milliardlari masalasi birinchi prezident vafot etganidan keyin ko'tarilsa va opa shundan so'ng hibs etilsa, rahbariyat almashinuvidan keyingina bunga qo'l urilgani uchun malomat qilguvchilar istagancha topilardi. Endi hammasi iz-iziga tushishi, adolat qaror topishi kerak. Masalaning muhim jihati, balki birinchi prezidentimizning o'zi Gulnora Karimovaga nisbatan bu qarorga kelmaganida, hozir javobgarlikka tortish masalasi ko'tarilmasligi ham mumkin edi. Chunki, Islom Karimov faoliyatini e`tirof etish, xotirasini abadiylashtirish jarayoni ketayotgan bir paytda bu aqlga sig'masdi.

Nima bo'lganda ham Gulnora Karimova bugun qonun oldida javob berishi shart va shunday bo'lmoqda ham.

Birinchi prezidentimizning barcha farzandlari o'z hayot yo'liga ega. Ularning qaysi biridir qilgan nojo'ya harakatlari bilan otalarining xalqimiz ongida chuqur o'rnashgan nufuziga aks ta`sir ko'rsata olmaydi. Aksincha, ularning har uchalasi ezgu maqsadlari va sa`y-harakatlari ila nafaqat o'zlarining, balki butun millatning otasiga aylanib ulgurgan insonning nomi uchun naf keltirishlari mumkin. Buning uchun hali imkoniyatlar ko'p.

Abror Zohidov.


Ma`lumot uchun, Gulnora Karimovaning Islom ismli o'g'li va Imon ismli qizi, Lola Karimova-Tillayevaning esa Maryam va Safiya ismli qizlari va Umar ismli o'g'li bor. Shuningdek, Pyotr Karimovning bir nafar farzandi bor.
Категория: Mahalliy | Просмотров: 421 | Добавил: Admin | Дата: 31.10.2017 | Комментарии (0)

AQShda Delta Airlines aviakompaniyasi samolyoti Minneapolis – Chikago reysini amalga oshirishda qush bilan to‘qnashdi, buning oqibatida layner yuzasi pachoq bo‘ldi. Bu haqda, NBC telekanaliga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.

NBC Twitter’dagi sahifasida samolyotning pachoq ahvoldagi suratini e’lon qildi.
Категория: Dunyo | Просмотров: 242 | Добавил: Admin | Дата: 29.10.2017 | Комментарии (0)

$CUT$
Peru milliy chempionati 20-oktabr sanasidan e’tiboran to‘xtatiladi va 15-noyabrga qadar tanaffus yuzaga keladi.

“Championat.asia”ning Clarin nashriga asoslanib ma’lumot berishicha, bunga sabab Peru termasining JCh—2018 pley-off o‘yiniga yaxshilab tayyorgarlik ko‘rishini ta’minlash. Axir mamlakat bosh jamoasi Copa America’ning so‘nggi ikki yillikdagi g‘olibi Chilini ortda qoldirgani holda, Rossiya mundialiga borish imkoniyatini saqlab qoldi.

CONMEBOL mintaqasida beshinchi bo‘lgani uchun Peru Yangi Zelandiyaga qarshi o‘tish o‘yinida ishtirok etadi. Pley-off bellashuvlarining dastlabkisi 6-noyabrga, javob o‘yinlari 14-noyabrga tayin qilingan.

Endi butun mamlakat 1982-yildan buyon Jahon Chempionatiga chiqa olmay kelayotgan bosh jamoa uchun qayg‘uradi. Terma murabbiylari futbolchilar bilan bemalol qo‘shimcha yig‘in o‘tkazish uchun ham chempionatni to‘xtatib turish masalasini o‘rtaga tashlagandi. Liga rahbariyati bunga ijobiy javob qaytardi
Категория: Sport | Просмотров: 228 | Добавил: Admin | Дата: 14.10.2017 | Комментарии (0)

Ko‘pchilik odamlarning shakardan voz kechish kerak degan birgina fikrning o‘zidan ham kayfiyatlari yo‘qoladi, buning ustiga ularning organizmi shirinlik dozasini xuddi chekuvchilarning organizmi nikotin talab qilganidek talab qiladi.

Shakarning ko‘p miqdori organizmda diabetni keltirib chiqarish bilan birga ozish jarayoniga, hazm qilish tizimiga va kun davomida umumiy ahvolga ham ta’sir ko‘rsatadi.

Bularning oldini olish uchun, biz sizga shakardan voz kechishning oddiy usullarini sinab ko‘rishni taklif qilamiz.

Ko‘proq C vitamini

Shirinlikka bo‘lgan ishtiyoq shunchalik kuchli bo‘lsa, unda miyaga bu tobelikdan voz kechishni emas, balki yangi sog‘lom odat — vitaminlarni ko‘proq yeyishni taklif qilish yo‘li bilan uni aldashga harakat qiling.

Vitaminlarni tanlashda C vitaminiga alohida e’tibor qiling, chunki u shakarning tabiiy o‘rnini bosuvchi hisoblanadi. Siz sersuv apelsin yesangiz yoki choyga xushbo‘y limon qo‘shganingizdan keyin organizmingizdagi shakar miqdori tabiiy ravishda ko‘tariladi.

Kamroq kofein

Gap shundaki, kofein organizmdagi shakar miqdorini kamaytiradi. Ya’ni siz choy yoki qahvadan keyin albatta shirinlik yeyishni xohlab qolasiz.

Shirinliklardan voz kechishning boshlang‘ich bosqichlarida konfetlarni kamroq yeyish bilan birgalikda, choy va qahva iste’mol qilishni ham bir kunda bir piyolagacha qisqartirishga harakat qiling.

Yangi mevalar

Yangi shirali mevalar — bu oqibati salbiy natija bilan tugamaydigan lazzat. Mevalarning shakar o‘rnini tabiiy ravishda bosish xususiyatlaridan boshqa yana bir yaxshi tomoni — ular ajoyib tarzda qorinni to‘ydiradi.

Agar tushlik vaqtida bir dona shaftoli yesangiz, kechqurungacha shirinlik tugul boshqa hech qanday ovqatlarni ham yeyishni xohlamay qolasiz. Agar siz shirinlikka juda o‘ch bo‘lsangiz, bu o‘z-o‘zini aldashning eng yaxshi usulidir.
Категория: Mahalliy | Просмотров: 228 | Добавил: Admin | Дата: 14.10.2017 | Комментарии (0)

Jahon chempionatlari tarixida ilk marta ayol hakam uchrashuvni boshqarib boradi. Bu haqda FIFA rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga ko'ra, Hindistonda bo'lib o'tayotgan o'smirlar o'rtasidagi (U17) JChda shveysariyalik Ester Shtoybli Yaponiya va Yangi Kaledoniya terma jamoalari uchrashuvini boshqarib boradi. Uchrashuv 14 oktabr kuni Kalkutta shahrida bo'lib o'tadi.

38 yoshli Shtoybli JCh-U17 musobaqasi jalb qilingan yetti hakamdan biri sanaladi. U shu kungacha Kanadada bo'lib o'tgan ayollar o'rtasidagi JCh-2015 musobaqalarida bosh hakam sifatida ishlagan. Shuningdek u ayollar o'rtasidagi YeChL uchrashuvlari va Rio-2016 musobaqalarining ayollar o'rtasidagi turnirida ishlagan.
Категория: Sport | Просмотров: 260 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 13.10.2017 | Комментарии (0)

Ko‘p yillik tadqiqotlar jismoniy mashqlarning o‘rganish qobiliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini isbotladi. Biz sizga miyani chiniqtirishga yordam beruvchi bir necha mashqlarni havola qilmoqchimiz.

Stayercha yugurish

Ro‘yxatdagi eng yaxshi jismoniy mashqlardan biri uzoq masofaga yugurish hisoblanadi. Olimlar yangi neyronlarning paydo bo‘lishi va yugurish orasidagi o‘zaro bog‘liqlikni tajribalar orqali isbotladilar.

Ma’lum bo‘lishicha, boshqa mashqlardan ko‘ra uzoq masofaga yugurishni afzal ko‘rganlar aqliy mashqlarni ancha yaxshiroq bajarishar ekanlar. Qiyin imtihon topshirmoqchimisiz — yugurishni boshlang.

Oraliqli mashqlar

Miyani ishlashga majbur qilishning yana bir usuli — oraliqli mashqlar. Oraliqli yuklamalar asab tizimiga har xil vaziyatlarga tez moslasha olish kerakligini tushunishga imkon beradi.

Natijada voqealarga bo‘lgan ta’sirlanishning umumiy tezligi oshadi va unga mos ravishda miyaning yangi vazifalarni bajarishga bo‘lgan qobiliyati ham o‘sadi.

Shtanga ko‘tarish

Og‘irlik bilan bajariladigan birdan-bir mashq. Shtanga ko‘tarish — asab tizimi uchun jiddiy yuklama. Mashqni bir haftada bir martadan ortiq qilish tavsiya qilinmaydi, aks holda stress orttirishingiz mumkin.

Arqonda sakrash

Deyarli hamma, bokschilardan tortib to pauerlifterlargacha arqonda sakrashdan foydalanishadi. U vaznni kamaytirishga, qo‘l-oyoqlarning o‘zaro muvofiqligini rivojlantirishga yordam beradi — va ma’lum bo‘lishicha, miyani biroz takomillashtiradi.

Birinchidan, o‘sha asab tizimiga ma’lum bir yuklama beruvchi oyoq-qo‘llarning muvofiq ravishda ishlashi rol o‘ynaydi. Ikkinchidan, hamma mashqlar organizmni kislorod bilan ta’minlaydi, bu esa o‘z navbatida miyaning umumiy ahvoliga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Soya bilan jang

Albatta bu mashqni talabga to‘la javob beradi deb aytolmaymiz. Shunga qaramasdan biz sizga soya bilan jangni o‘z kundalik mashqlaringizga qo‘shishni tavsiya qilamiz.

Yarim soatlik mashq miya faoliyatini to‘liq ishga tushiradi — tajriba uchun yarim soat mashq qilgandan keyin biron-bir masalani yechish bilan shug‘ullanib ko‘ring.
Категория: Mahalliy | Просмотров: 267 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 10.10.2017 | Комментарии (0)

Kundalik hayotimizda eng keng tarqalgan ijtimoiy munosabatlardan biri, bu albatta qarz oldi-berdisidir. Kimgadir qarz bermagan yoki kimdandir qarz olmagan insonlar deyarli uchramasa kerak. Chunki qarz deganda faqat pul tushunilmaydi, biror buyum yoki boshqacha ko'rinishdagi ashyolar ham qarz predmeti bo'lishi mumkin.

Qarz eng avvalo o'zaro ishonch demakdir. Biroq har doim ham quruq ishonch o'zini oqlayvermaydi. Kimdir atayin, kimdir ilojsizligidan olingan qarzini qaytarmaslik holatlari ko'p uchraydi. Shunday paytda nima qilish kerak? Quyida qarz oldi-berdisi jarayonida tavsiya etiladigan maslahatlar bilan tanishishingiz mumkin.

1. Ishonchli insonga qarz bering

Bu maslahat bir qarashda kulgili tuyilishi mumkin. Chunki, kim ham ishonchsiz insonga qarz berardi? Odatda omonatga xiyonat eng yaqinlarimizda uchraydi. Qarz bersang ham pulingdan, ham do'stingdan ayrilasan, degan ibora xalq orasida bejizga keng tarqalmagan.

Biroq ishonchli deganda, faqat ma`naviy ishonch emas, moddiy ishonchni ham hisobga olishni maslahat beramiz. Ya`ni qarz so'rab kelgan tanishingiz aytilayotgan muddatda qarzini qaytara olishiga ko'zingiz yetadimi, uning moddiy daromadi haqiqatda Sizdan olingan qarz miqdorini qaytara olishga yetadimi, degan savollarni bir lahza o'ylab ko'ring. Qadrdon insonga yo'q deyish juda og'ir. Ammo do'stingiz sizdan bir marta xafa bo'lgani yaxshimi yoki bir umrga u bilan munosabatlarni uzgan ma`qulmi, shu haqida ham xulosa qilib qo'yishni maslahat beramiz.

2. Tilxat olishni unutmang

Xayolingizga birinchi kelgan fikr, qanday qilib yaqin insondan tilxat yozdirib olish mumkin, degan savol bo'ldimi? Ha, o'zbekchilik deymiz, ko'z-ko'zga tushadi deymiz, uyat bo'ladi deymiz, umuman olganda bizdan qarz so'ragan insondan tilxat so'rashimiz juda og'ir. Lekin qanchalar og'ir bo'lmasin, tilxat oling va bu hujjat o'z pulingiz o'zingizga qaytishini qisman sug'urtalaydi.

Tilxat eng kamida quyidagi sodda ko'rinishda yozilishi ham mumkin:

T I L X A T

Men fuqaro F.I.Sh. (pasport ma`lumotlari: seriyasi, nomeri, berilgan joyi va vaqti) 2017 yil 7 oktabr kuni fuqaro F.I.Sh.dan dan 3.000.000 (uch million) so'm miqdordagi naqd pulni foizsiz qarz sifatida oldim.

Ushbu qarzni 2017 yil 31 dekabr kuniga qadar to'liq miqdorda qaytarib beraman.

Tilxat tagida qarz oluvchi va beruvchining to'liq ism-shariflari qisqartmalarsiz har biri tomonidan o'z dastxatlari bilan yozilishi, tilxat to'ldirilgan sana ko'rsatilishi va albatta imzolanishi kerak.



3. Qarz shartnomasini tuzing

Agar biror do'stingiz yoki tanishingizga summasi eng kam ish haqining o'n baravaridan ortiq bo'lgan (1 mln. 500 ming so'm) miqdorda qarz berayotgan bo'lsangiz yozma shaklda shartnoma tuzing. «Oddiy tilxat so'rashga xijolat bo'lamizu, shartnoma tuzishga yo'l bo'lsin» demoqchimisiz? Jamiyatimizda bugun eru xotin o'rtasidagi nikoh shartnomasi tuzish masalasi muhokama qilinayotgan bir paytda, qarz shartnomasi nima bo'pti? Sira xijolat bo'lmang.

Agar sizdan qarz olayotgan taraf yuridik shaxs bo'lsa, unda qarzning summasidan qat`i nazar shartnoma tuzish lozim.



4. Shartnomani to'g'ri tuzing

Qarz shartnomasi matnida quyidagilar nazarda tutilishi lozimligiga e`tibor bering:

1. tuzilayotgan vaqti va joyi;

2. taraflari;

3. qarz summasi (biror bir ashyo bo'lsa uning turi, nomi);

4. to'lovning naqd yoki boshqacha usulda amalga oshirilishi;

5. qarzni qaytarish muddati va usuli;

6. taraflarning majburiyatlari;

7. taraflarning javobgarligi;

8. nizoni ko'rib chiqish tartibi;

9. shartnomaning amal qilish muddati;

10. taraflar haqidagi to'liq ma`lumotlar (pasport bo'yicha) va ularning imzolari.

Qarz shartnomasini imzolashda qarz oluvchining pasportidan nusxa olib, shartnomaga qo'shib qo'ysangiz zarar qilmaydi.

Qarzni rasmiylashtirish uchun shartnomaning namunasi ilova qilinadi, yuklab olishingiz mumkin.



5. Notariusda rasmiylashtirish shart emas

Qarz berish chog'ida yuqorida aytilgan qoidalarga rioya etsangiz kifoya, shartnomani notarius orqali rasmiylashtirish shart emas, bu ortiqcha xarajat va ortiqcha harakatdan boshqa narsa emas. Lekin har ehtimolga qarshi notariusdan ham o'tkazmoqchi bo'lsangiz, bu taqiqlanmagan.



6. Guvohlar bo'lgani ma`qul

Agar siz qarz so'rab kelgan insondan na tilxat talab qilsangiz va na qarz shartnomasi tuzishni so'ray olsangiz, unda sizga hech bo'lmaganda qarzni guvohlar oldida berishni maslahat qilamiz. Qarz shartnomasini imzolash yoki qarzdordan tilxat olish paytida guvoh ishtirok etsa-ku, nur ustiga a`lo nur bo'lar edi.

Imkoni bo'lsa guvohlar ikkala taraf uchun ham xolis bo'lishi lozim. Chunki yaqin qarindoshlaringizning guvohligi shubhali bo'ladi.

E`TIBOR BeRING: guvohlar faqat 1 yarim million so'mgacha bo'lgan qarzdagina sizga yordam bera oladi. Agar qarz miqdori bundan yuqori bo'lsa va tilxat yoki qarz shartnomasi tuzilmasdan, faqat guvohlar ishtirokida berilgan bo'lsa, unda guvohlarning gapi dalil bo'la olmaydi.



7. Qarzdor jinoyatchi emas

Ko'pchilik qarz bergan odamidan pulini kelishilgan vaqtda ololmasa darrov prokuratura yoki ichki ishlar idoralariga yugurib qoladi. Shuni unutmangki, qarz olgan odam jinoyatchi emas, u qonunni buzgani yo'q, shunchaki fuqaroviy shartnomaviy majburiyatlarini bajarishdan bo'yin tovlayapti, xolos.

Qachon huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish lozim, qachonki qarzdor sizni aldash yoki ishonchingizni suiiste`mol qilish yo'li bilan sizga tegishli bo'lgan mulkini qo'lga kiritgan bo'lsa va olgan qarzini qaytarib bermaslikni oldindan maqsad (qasd) qilib olgan bo'lsa (masalan: do'stingiz chet elga ketmoqchi va yaqin yillar ichida qaytib kelish niyati yo'q, lekin u sizdan buni yashirib, biror boshqa bahona bilan yaqin muddatda qaytarib berishni va`da qilgan holda qarz olsa va qaytarmasa) bu jinoyatdir. Ana shunday hollarda bemalol ichki ishlar organlariga murojaat qilishingiz mumkin.



8. Sudga bering

Qarz qaytarilishi lozim bo'lgan muddat keldi yoki bu muddat o'tib ham ketti. Qarzdor o'z ixtiyori bilan olgan qarzini qaytaradiganga o'xshamayapti. Endi nima qilish kerak?

Bunday holatda albatta tegishli vakolatli fuqarolik ishlari bo'yicha (odatda qarzdor joylashgan hududdagi) sudga da`vo arizasi kiritishingiz lozim bo'ladi.

Unutmangki, bu tekinga bitmaydi va muayyan to'lovni amalga oshirishni talab qiladi. Da`vo ariza sudda ko'rib chiqilishi uchun qarz summasining 2 foizi miqdoridagi (masalan 100 mln. so'm qarz uchun 2 mln. so'm) pulni davlat boji sifatida to'lanadi. Xavotir olmang, agar sudda yutib chiqsangiz, davlat boji uchun to'lagan pulingizni ham qarzdordan undirib olishingiz mumkin bo'ladi.

Biroq sudga da`vo ariza kiritdim, deganingiz bu ish bitdi degani emas. Bu asosiy ish endi boshlandi degani. Oldinda hali sud jarayonlari bor, suddagi yugur-yugurlar, soatlab kutishlar, tortishuvlar, uzoq muddatga cho'zilishlar va h.k.

E`TIBOR BeRING: Agar qo'lingizda yuqorida aytilganday ishonchli dalillar bo'lmasa, sudga berish masalasini yaxshilab o'ylab ko'rishni maslahat beramiz. Chunki qarzni olish tugul, yana ortiqcha xarajatga tushishingiz mumkin. Ushovidan tushovi...



9. Ijroni nazorat qiling.

Sud jarayonlari ko'ngildagidek o'tsa va siz kutgandek qaror qabul qilinsa ham qarzdor «mana» deb pulni berib qo'ymaydi.

Sudning sizning foydangizga chiqarilgan hal qiluv qarori va ijro varaqasini oling-u, qarzdor yashaydigan tuman (shahar)dagi Majburiy ijro byurosiga choping. Undiruv bo'yicha ijrochi xodim kim ekanligini aniqlang, u bilan yaqindan tanishib oling va imkoni bo'lsa xizmat xonasi hamda qo'l telefoni raqamlarini oling. Chunki ijrochining qo'lida ishi ko'p, sizning ishingiz yodidan chiqib ketishi yoki shunchaki sizgacha navbat yetib kelishi cho'zilib ketishi mumkin. Shunday qilib, qarzni undirib olish uchun uzoq davom etadigan jarayonlarning eng so'nggi bosqichida sizga o'z ishiga ma`suliyatli ijrochi uchrashini tilab qolamiz.

Agar qarzdorning nomida mol-mulki bo'lmasa va tayinli joyda ishlamasa, unda... Sizga hamdardmiz...

«Qo'l bilan berib, oyoq bilan olaman» deganlari shu bo'ladi...



10. Odamgarchilikni ham unutmang.

Qarz oldi-berdisida tarozining bir pallasida masalaning huquqiy tomoni tursa, ikkinchi pallasida diniy-ma`rifiy tomoni turadi. Qarzdorlar har doim ham atayin, g'araz niyatda qarzini qaytarmay, qochib yurmaydilar. Ko'pchilik haqiqatdan moddiy imkoniyati nochorligi yoki ayrim sabablar bilan olindan ko'zlangan maqsadga yeta olmaganligi uchun qarzini vaqtida qaytara olmasligi ham mumkin. Shunday paytlarda qarzdor tarafni ham to'g'ri tushunish va masalaning diniy tomonlarini ham o'rganib qo'yish, maqsadga muvofiq bo'lar edi.

Saytimizda avvalroq e`lon qilingan «Qarz oluvchi ham, beruvchi ham Alloh taoloning roziligini niyat qilsin» nomli maqolada ham shu xususda so'z yuritilgandi. Qarz berishning savobi hadya berganning savobidan ko'ra ko'proqligi haqida hadisi sharif bor. Shuningdek, Qur`oni majidning bir necha joyida «Alloh uchun qarzi hasana beruvchi bormi?» ma`nosidagi oyatlar keladi (Baqara, 245; Moida, 12). Bu boy, mard kishilarga xitob. O'shanday kishilar qarzi hasana berishsin va qarz olgan taraf to joyini to'ldirgunicha sabr etib, qistalang qilmay tursin. Bu vaqtda Razzoq va Vahhob Alloh taolo O'z fazli bilan boshqa tomondan qarzi hasana bergan mo'min bandasiga fayzu barakot yetkazib turadi. Bu odamzotning emas, Haq subhonahu va taoloning va`dasi. U Zot v ... Читать дальше »
Категория: Mahalliy | Просмотров: 288 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 10.10.2017 | Комментарии (0)

1 2 3 4 »
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Iyun 2018  »
DshSshChrPshJuShYa
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930
Архив записей
Друзья сайта