Juma, 22.06.2018, 06:46
Мой сайт
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Dunyo [9]
Shou Biznes [4]
Sport [5]
Kino [0]
Mahalliy [14]
Texnologiyalar [2]
Mobil Operatorlar [0]
Avto [0]
Premyera [1]
Mobil telefonlar dunyosi [0]
Sulaymon Muhammadiyev [1]
Мини-чат
Статистика

Онлайн всего: 6
Гостей: 6
Пользователей: 0
Главная » Архив материалов
Lablarda ko‘plab qon tomirchalari va asab tolalari joylashgan. Uning terisi juda yupqa bo‘lib, u yerda yog‘ bezlari va yog‘li qatlamlar yo‘q. Aynan shuning uchun lablar juda nozik bo‘ladi.

Nima uchun lablar yoriladi?

Sovuq havo

Sovuq havo ta’sirida labdagi tomirlar qisiladi va uning yuzasini oziqlantirmay qo‘yadi. Agar og‘iz yopilmasa va maxsus kosmetika yordamidan foydalanilmasa, sovuq lablar terisining yuqori qavatidagi namlikka ham ta’sir ko‘rsatadi. Namlikning yo‘qolishi natijasida nozik teri quruq va mo‘rt bo‘lib qoladi.

Issiq havo

Issiq havo qon tomirlarini qisqartirmasa ham, organizmning umumiy suvsizlanishiga olib keladi. Namlikning yetishmasligi nozik terining mo‘rtligini oshiradi va lablarning yorilishiga sabab bo‘ladi.

Infeksiya

Lablarga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi eng keng tarqalgan infeksiya — labdagi shamollash deb ataluvchi oddiy gerpes virusi hisoblanadi. Agar baterial infeksiya qo‘shilmasa bunday shamollash muammosiz kechadi.

Ba’zi hollarda esa lablar zamburug‘li infeksiya — kandidoz tufayli yoriladi.

Infeksiyani davolashingiz bilan lablardagi yorilishlar ham yo‘qoladi.

Yorilgan lablarni uy sharoitida qanday davolash mumkin?

Agar lablar quruqshab qolgan bo‘lsa, yoqimsiz alomatlar o‘tib ketishi uchun biroz parvarish qilish kerak.

Birinchidan, lablarni tishlamaslik yoki terining dag‘al bo‘lakchalarini uzib tashlamaslik kerak. Bu holda biz terini battarroq shikastlaymiz va quruqlashishini uzaytiramiz.

Ikkinchidan, lablarni maxsus balzamlar yoki pomadalar yordamida namlang.

Uchinchidan mum, vazelin asosida tayyorlangan tabiiy va juda oddiy vositalardan foydalaning. Tarkibi qancha ko‘p aralashmalardan iborat bo‘lsa, bu balzamning aynan sizga to‘g‘ri kelmaslik ehtimoli shuncha yuqori bo‘ladi.
Категория: Mahalliy | Просмотров: 244 | Добавил: Moder1 | Дата: 08.10.2017 | Комментарии (0)

Turkmaniston Markaziy banki turkman banklari tomonidan berilgan konversion kartalardan boshqa davlatlardagi bankomatlardan naqd pul yechish hajmini pasaytirdi. 27 sentabrdan e`tiboran xorijda sayohat qilayotgan turkmanistonliklar o'zlarining VISA xalqaro kartalaridan kuniga 100$ yoki shunga monand mahalliy valyuta yechib olishlari mumkin. Ilgari kunlik limit 250 dollarni tashkil etayotgan edi, deb yozadi habartm.org.

Kuzatuvchilar buni valyutaning o'ta taqchilligi va hukumatning mamlakatdagi yangi hodisa bo'lmish «dollar turizmi» — fuqarolar o'z manatlarini davlat kursida konverttsiya qilib, xorijga chiqib uni bankomatlarda naqdlashtirishga qarshi kurashayotgani bilan bog'lashmoqda. Turkmanistonga qaytgach, ular naqd dollarni «qora bozor»da bank kursidan ikki barobar qimmatroqqa ayriboshlashadi.

Ilgariroq Turkmaniston hukumati tadbirkorlar uchun vaalyuta konvertatsiya borasida bir qator cheklovlar ham joriy etgan edi. Bugungi kunda banklar xorijiy yetkazib beruvchi bilan shartnoma summasining maksimum 2 foizigacha bo'lgan qismini konvertatsiya qilib bermoqda. Shartnomalarning ko'pchiligida banklarning tomonidan umumiy summaning 1–1,4 foizi konvertatsiya qilinmoqda.
Категория: Mahalliy | Просмотров: 202 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 07.10.2017 | Комментарии (0)

Biz xato qilamiz. Vaqtimizni va pulimizni behuda sarflaymiz, atrof-muhitga zarar yetkazamiz, nosog‘lom ovqatlanamiz. Bularning hammasi — biz ko‘pincha yuzaki fikrlashimiz va qarorimizni yetarli darajada chuqur tahlil qilmasligimiz natijasida yuz beradi. Bu maslahatlar sizga har qanday vaziyatlarda ham to‘g‘ri qaror qabul qilishga yordam beradi.

1.O‘zgarishlardan qo‘rqmang

Odamlar yo‘qotishni yaxshi ko‘rmaydilar. Biz uchun ayriliq dog‘i ega bo‘lish quvonchidan ko‘ra ikki marta kuchliroqdir.

Biron-bir yangi narsadan voz kechishdan oldin o‘zingizda bor narsalarni aql bilan baholashga harakat qiling. Balki siz o‘zingizning narsalaringizga ortiqcha baho berayotgan bo‘lishingiz mumkin.

2. Fikringizni ifodalash shaklini o‘zgartiring

Ko‘pincha biz masalaning ifodalanish shartidan kelib chiqqan holda qaror qabul qilamiz. Bu harakat freyming (ingliz tilida frame — “chegara, hoshiya” ma’nosini anglatadi) deb ataladi.

Muhim qaror qabul qilishdan oldin, ifodalanish shartini o‘zgartirishga harakat qilib ko‘ring. Vaziyatga foyda va zarar nuqtai nazari bilan qarang.

3. O‘z ishonchingizni nazorat qiling

Asossiz optimizm hayotga va sog‘liqqa tahdid soluvchi ko‘pgina harakatlarning sababchisi bo‘ladi:

90% haydovchilar o‘zining mahorati boshqalarnikidan yuqori ekanligiga ishonadilar.
Deyarli har bir kishi hazil mutoyibani tushunishi boshqalarnikidan ko‘ra ko‘proq deb o‘ylaydilar.
Talabalar kelajakda ularga ishdan ketish, infarkt, saraton, ajralish yoki ichkilikka berilish tahdid solmaydi deb hisoblaydilar.
Biz o‘zimizni bekamu-ko‘st deb hisoblaymiz va ko‘pincha xavfni bartaraf qilishda o‘rinli choralar ko‘rmaymiz. O‘z imkoniyatlaringizga ortiqcha baho bermang. Muhim qarorlar qabul qilishda yaxshilab o‘ylab ko‘ring.

Hayot tasodiflarga to‘la, biz ko‘pincha tez va murakkab qarorlarni qabul qilishimizga to‘g‘ri keladi. Shunday qilingki, sizga o‘z tanlovingizdan afsuslanishingizga to‘g‘ri kelmasin.
Категория: Dunyo | Просмотров: 228 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 07.10.2017 | Комментарии (0)

Chekishni tashlashning 5 ta samarali usuli: 5-maslahat



Аввалроқ “Бу қизиқ” туркумига оид 1-, 2-, 3- ва 4-маслаҳатлар эътиборингизга ҳавола этилган эди. Тамаки чекишни ташлашнинг охирги, 5-маслаҳати ҳам Сизга мунтазир...
 

5-маслаҳат. Чекишнинг зарарли оқибатлари ҳақида ўз билимларингизни мустаҳкамланг!

 
Тамаки чекишни ташлаётган ёки зарарли одатларни яна бошлаб юбормаслик учун курашиб юрган кишида маълум руҳий зўриқишлар бўлиши табиий.
 
Бу ҳам ўзига хос киши иродасини синайдиган майдон!
 
Бироқ зарарли одатлардан ҳанузгача қутилолмай юрганларнинг таъсири кишининг асабига тегади...
 
Улар кези келганда устингиздан кулишади, нафсониятингизга тегади, ўзларининг “доно маслаҳатлари” билан сизни фикрингиздан қайтармоқчи бўлишади.
 
Бундай кишиларга муносиб жавоб бериш учун сиз бу борада “билимдон” бўлишингиз керак.
 
Зеро, уларни маълум масофага югуриш ёки қайсидир бадантарбия машқи мусобақасида “мағлуб этиш” имконияти ҳар доим ҳам бўлавермайди.
 
Бундайларга чекувчилар ҳаётига тааллуқли статистик маълумотларни  “эслатиб қўйиш” ҳам бир усул...
 
 Дунё статистикасидан:
 

йигитларнинг чека бошлаши 13–15 ёш оралиғида, айрим қизлар эса 15–17 ёшда тамаки чекишни ўрганар экан, бу, аксарият ҳолларда, бепушлик касаллигига дучор бўлиш (!) ёши ҳамдир;

 

деярли 70 фоиз киши ҳаётида бир марта бўлса ҳам тамаки чекиб кўрар экан, айнан “биринчи танишув” уларни икки гуруҳга ажратади, биринчиси: чекишга мойиллиги бор кишилар, иккинчиси: чекишни ҳам жисмонан, ҳам руҳан рад этган соғлом фикрли кишилар;

 

70 % “синовчилар”нинг қарийб 30 % келажакда кашанда бўлиши, уларнинг аксарияти 60 ёшга етмасдан турли касалликлар билан вафот этиши аниқланган;

 

ғарб мамлакатларида 65 % эркаклар, 50 % аёллар чекишади ва айнан шунча фоиз миқдоридаги аёл-эркаклар ҳаётида рисоладаги оила бахти мавжуд эмас;

 

чекувчи кашандаларнинг 95 фоизи бир умр тиш ва оғиз бўшлиғи касалликлари билан курашадилар;

 

20 % чекувчилар бедаво онкологик касалликларидан (рак ўсимталаридан) вафот этишини ёдингиздан чиқарманг;

 

30 % чекувчи аёллар бепуштликдан азият чекадилар.

 
Юқоридаги 5 та маслаҳатлар ёнига яна кўплаб маълумотларни, тавсияларни “тиркаб қўйиш” мумкин...
 
Бу борадаги барча маълумотлар кўпчилигимизга яхши таниш, чекишнинг зарарли эканлигини барчамиз бирдай биламиз. Мақсад — эътиборингизни жалб этиш!
 
Ушбу саҳифаларни ўқиб бир неча киши чекишни ташласа, қайсидир маънода мақсадимизга эришган бўламиз.
 
Чекишни ташлаш унчалик қийин нарса эмас. Асосийси, буни чин дилдан исташ ва айтойдил ҳаракат қилиш лозим!
 
Шундоғам атмосферамиз зарарли тутунларга тўла...
 
Ўпкамизга тоза ҳаво ўрнига зарарли тутунни тўлдиришимиз фақат ўзимиз ва атрофимиздагиларга зарар.
 
Чекувчилар рўйхатига кирмаган бўлсангиз — қадрингизни билган инсон экансиз!
 
Мабодо ушбу рўйхатга беихтиёр кириб қолган бўлсангиз, дарҳол чекишни ташланг!
 
Соғлом турмуш тарзини танлаш — ёш авлодга ўрнак бўлиш, яъни уларни тарбиялашнинг энг яхши усули!
 
Фарзандларингиз чекувчи бўлишини истамасангиз керак...
Категория: Mahalliy | Просмотров: 294 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 20.09.2017 | Комментарии (0)



«Bunyodkor»da Janubiy Koreyaga qarsak chalgan qo'llar

Futbolchilarni qo'ying-u, lekin muxlisni eng zo'rini bizdan izlang. Sarkash futbol federatsiyasi, jamoalarimiz ishqibozlarni harchand futboldan ko'nglini qoldirishga urinishmasin, qat`iyatli futbolsevarlarning to'p o'yiniga bo'lgan mehri hech pasayib qolayotgani yo'q. Har safar, yo'g'-yey... surunkali ravishda mundial yo'lida qoqilganimizda: «Endi terma o'yiniga qiziqish pasaysa kerak» deb o'ylaymiz. Qaysar muxlislar esa yanada battarroq urinishadi. Futbol federatsiyasi esa yanada zahmat chekib, atayin saralashlarda terma uchun tikonli yo'llarni tanlaydi. Saviyali terma jamoalar bilan o'rtoqlik o'yinlari uyushtirishga urinmaydi, hatto birovning xayoliga ham kelmagan mutaxassisni (uning chindan mutaxassisligi shubhali) bosh murabbiy qilib qo'yadi. Ishqibozlar esa termaning o'yiniga voha, vodiydan to'p-to'p bo'lib kelaveradilar. 

Saralashdagi so'ngi o'yinni muxlislar bilan birga stadionda ko'rdim. To'g'risi, Yevropaning eng zo'r «futbol mamlakatlari» ham havas qiladigan darajadagi ishqibozlarimiz bor. Ulardagi  muxlislik madaniyati risoladagidek. Futbolni juda teran tushunadigan toifa shakllangan bizda. Bir bo'lim davomida noshud murabbiy tanlagan ohangga yo'rg'alay olmagan 11 yigitni chin dildan olqishlab turgan 30 mingdan ziyod muxlis, ikkinchi bo'lim oxirlarida «omad kabutari» parvoz etmasligini payqadi. Murabbiy sharafiga: «Babayan beg'araz!», «Qo'shmozor bo'l» baqiriqlarini ishlatishgani bor gap. Nima endi, minglab kilometrdan pul sarflab keladi-yu, achchig'i chiqmaydimi?

Lekin, o'yin so'ngida raqib bo'lsa ham sifatli o'yin ko'rsatgan koreys jamoasiga 5 daqiqa qarsak chalib turishdi. Shunaqa mard bizning ishqibozlar. Biroq, agar futbolimiz mutasaddilari shu ketishda ish olib borishsa, biz hali uzoq yillar notavonlarcha o'zga yurt futboliga chapak chalib yuraveramiz.

Futbol federatsiyasini kim boshqaradi?

O'sha o'yindan so'ng tvitter va feysbukda: «O'FFda muxlislarga yoqadigan jo'yali o'zgarishlar bo'lishiga ishonasizmi?» degan so'rovnoma o'tkazib ko'rdim. 
          
Qatnashuvchilarning 54 foizi o'zgarish bo'lishiga umuman ishonmaydi. Qolgan 41 foizi umid qilayotganlar qatorida. Faqat 5 foiz nekbin kishilar bor ekan. Ana sizga muxlislarning futbolimizning eng yuqori organiga nisbatan e`tirofi! Futbol xo'jaligiga rahbar bo'lib turgan tashkilot o'tgan 25 yil davomida futbol rivoji uchun nima qilib qo'ydi, o'zi? Axir, o'tgan chorak asr davomida bolalar sportidan tortib, terma jamoagacha bo'lgan samarali futbol tizimini ishlab chiqib, hayotga  tatbiq etish mumkin emasmidi?

Ha, bir marta 2006 yilgi mundial yo'lida Bahrayn bilan o'yinni tashkilot arizasiga binoan qayta o'ynab «qovun tushirganimiz» yodimizda. Federatsiya fikrimga bir dunyo raqamlar yozilgan javob qaytarishi mumkin. Lekin, o'sha muassasa mamlakat futboli uchun eng oliy maqsad – termani mundialga olib chiqolmagani uning ishi «2» bahoga loyiq ekanini ko'rsatadi. Achinarlisi, muxlislarning futbol tashkilotiga ishonchi so'ngan. Har bir viloyatida davlat hisobidan kamida uchtadan futbol internati, tumanlarda ham shuncha futbol maktablari faoliyat yuritayotgan, uchta ligasi bor yurtdan 11 nafar saviyali futbolchini tarbiyalash  shu qadar qiyinmikan?

12 sentabr kuni ana shu tashkilotga yangi rahbar saylanarkan. Muxlislar mana shu xabarni eshitganidan beri joni halak. Ishqilib, to'p o'yinini tushunadigan inson kelsin. Nomma-nom aytish noo'rin, lekin o'zimizning futbolda ulg'ayib, ko'hna qit`ada tajriba orttirgan, Afrika futbolida ishlagan yosh mutaxassislar bor. Ana kecha futbolda nom qozongan, yaqin yillarda futbolchilik faoliyatini yakunlash arafasidagi o'yinchimizning teleekrandagi so'zlarini eshitdik. Yurakdan gapirdi shu yigit. Unda kelajakdagi termaning bosh murabbiyini ko'rdik. O'zbek futboli mutaxassislardan hech tanqislik sezmagan. Tavakkaliga – yosh, shijoatli, eng asosiysi futbolni sevadigan kishini boshqonlikka qo'yib ko'rish vaqti keldi-yov.. Rahbarlik lekin juda nozik masala, kishida shunga yarasha qobiliyat bo'lishi ham darkor. Lekin, yoshlarga imkoniyat berish kerak. 

O'FF prezidentligi jiddiy masala. Lekin, uni ham demokratik tamoyillar asosida o'tkazish payti kelgandir... Lekin, termaga bosh murabbiy tanlashda muxlislar o'rtasida so'rovnoma o'tkazilsa to'g'ri bo'lar edi.

O'zbek futbolini «yevroremont» qilish zarur

Barchamizga ma`lum, qaysidir yurt biror sohada boshqalardan ilgarilab ketsa, ulardagi mavjud ijobiy jihatlardan boshqalar ham o'rganib foydalanishga harakat qiladi. Uch oy oldin germaniyalik mutaxassislar bizdagi boks maktabi bilan tanishib ketganidan xabarimiz bor. Bilib turibmiz, futbolimiz o'sishdan to'xtab qoldi. Demak, millionlar o'yinida bizdan ilg'or bo'lgan bo'lgan Yevropa futboli andozasini olib, o'zimizda tatbiq qilishimiz zaruriyati tug'ilgan.

Men yurtimizga Joze Mourino yoki Pep Gvardiolani olib kelish kerak, degan fikrdan yiroqman.

Yangi ish boshlaydigan Futbol federatsiyasi har bir viloyatga qo'hna qit`aning Portugaliya, Niderlandiya va Angliya kabi davlatlaridan tajribali bolalar murabbiylarini olib kelib, futbol maktablarida ishlayotgan ustozlarga seminarlar tashkil etish kerak va juda zarur. Ular tajribasidan kelib chiqqan holda o'zimizning an`analarimizga moslab, futbolda g'alaba qozonishning «ZAMONAVIY O'ZBeKONA FALSAFASINI» ishlab chiqish payti keldi, menimcha. Viloyatlarimizning chekka qishloqlarida qurilib ishga tushirilayotgan ko'plab mini-futbol stadionlariga borib ko'ring-a.. O'yingohlar erta-yu-kech terlab to'p tepayotgan o'smirlar bilan band. Chunki, bizda futbolga bo'lgan qiziqish a`lo darajada. Tabiatimizni yilning deyarli to'rt faslida futbol o'ynash uchun qulayligi aytmaysizmi? Faqat koptok quvayotgan yigitlar qanday o'yin o'ynayotgani, butun jahonni mahliyo qilgan o'yin falsafasini bilmaydilar, xolos. Maktablarimizdagi mashg'ulotlar saviyasi jahon andozalariga to'g'ri kelgandagina qit`a va dunyo miqyosidagi muvaffaqiyatlar haqida o'ylashimiz mumkin. 

Futbol – xuddi tirik organizmdek. Doim o'sishda. Bizning terma jamoa va klublarimiz yutuqlarga erisha olmayaptilarmi, demak murabbiylar izlanmayapti. Chunki, futbolning boshi, o'rtasi va yakuni murabbiyga bog'liq. Mashhur murabbiy, total futbol asoschilaridan biri – Valeriy Lobanovskiy «Murabbiy butun umri davomida o'qishi, izlanishi lozim. Kim o'rganmay qo'ydimi – u murabbiy emas. Vaqtni aldab bo'lmaydi» degandi.

Qani ko'ramiz, futbolimiz mutasaddilari  «do'ppini boshdan olib» o'ylanar endi...
Категория: Sport | Просмотров: 299 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 10.09.2017 | Комментарии (0)

Odamlar o‘z ishtahasini nazorat qila olmasligining asosiy sababi — leptin gormoni.

Leptin nima?

Leptin — bu ochlik hissini va shuningdek organizmdagi energiya almashinuvini boshqaruvchi asosiy gormonlardan biri. Yog‘ bu gormonning sintezlanish joyi bo‘lgani uchun, leptin tufayli miya tana og‘irligi va yog‘ to‘qimalaridagi energiya zaxirasi to‘g‘risida ma’lumotlarni oladi.

Semirib ketish organizmdagi leptin metabolizmining buzilishi bilan uzviy bog‘langan. Miya xuddi ortiqcha yog‘larni “ko‘rmayotgan”dek, o‘lgudek och holatda turibdi deb o‘ylay boshlaydi, buning natijasida esa ishtaha keskin ravishda ochilib ketadi. Bunday hollarda ko‘pchilik parhezlar vaziyatni faqat og‘irlashtiradi xolos.

Leptinning ta’sir qilish tartibi

Sog‘lom odam organizmida leptin ishtahaning asosiy boshqaruvchisi hisoblanadi. Bu gormon yog‘ hujayralarida ishlab chiqarilgani uchun ularning soni qancha ko‘p bo‘lsa, organizmdagi leptin miqdori shuncha yuqori bo‘ladi.

Leptinning kamayishi energiyaning tugayotganidan darak beruvchi xavfli belgiga aylanadi. Organizm faoliyatini saqlash jarayonini ehtiyot qilish maqsadida odamni iloji boricha tezroq yegulik izlashga yuborish uchun miyaning “keskin ochlik” qurilmasini yoqishdan boshqa iloji qolmaydi.

Nima uchun parhez paytida yeyishni xohlaymiz?

Agar semizlikdan aziyat chekayotgan odam kaloriyani jiddiy chegaralash bilan parhez saqlashni boshlasa, 2-4 kundan keyin leptin miqdori keskin tushib ketadi. Lekin miya har doimgidek, yog‘ zaxiralari yetarli ekanligini tushunmasdan yana keskin ravishda ochlik hissini ishga soladi.

Bu bilan bir vaqtda tananing “energiyani saqlash rejimi”ga o‘tishi vaziyatni og‘irlashtiradi — modda almashish jarayoni yuqori darajada sekinlashadi (shu jumladan jinsiy gormonlar sintezi ham), ish qobiliyati pasayadi va uyquchilik paydo bo‘ladi. Natija — yomon kayfiyat va zo‘r ishtaha.
Категория: Dunyo | Просмотров: 242 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 10.09.2017 | Комментарии (0)

Қўшиқ инсон руҳиятига қанчалик ижобий таъсир қилиши барчамизга маълум. Қолаверса, кўпчилик инсонлар қўшиқларни ўз руҳияти эҳтиёжларига қараб тинглашга одатланган.

Кимдир кайфияти яхши бўлганда шўх, кимдир эса бирор нимадан дили ранжиганда ёки асаблари тинчланишини истаганда сокин қўшиқлар эшитади.

Айрим инсонларда эса бутунлай бошқача. Улар доим шўх қўшиқлар тинглайди ёки аксинча, одатда фақат сокин тароналар тинглайди. Ана шундай сокин қўшиқни тингловчилар учун жаҳондаги энг сокин ва ғамгин қўшиқлар рўйхатини тақдим этамиз.

Аделнинг “Someone Like You” (“Сизга ўхшаш кимдир”) таронаси...

Аделнинг мазкур энг машхур хит таронаси автобиографик бўлиб, самимийлиги билан барчага хуш ёқади.

Шинейд О’Коннор “Nothing Compares 2U” (“Ҳеч нарса 2Uга таққосланмайди”) қўшиғи...

Принс мусиқачиси томонидан ёзилган қўшиқ Шинейд О’Коннор томонидан маромига етказиб куйланган бўлиб, ҳар бир мухлиснинг қалбида ҳозирга қадар чуқур ўрин олган.

Селин Дионнинг “All By Myself” (“Фақат ўзим”) қўшиғи...

Бу қўшиқни 1975 йили америкалик муаллиф ва қўшиқчи Эрик Кармен ёзган. Ҳар бир инсонга инсон кераклиги — қўшиқнинг бош ғоясини ташкил қилади.

Саймон ва Гарфанкел “The Sound of Silence” (“Саъссиз овоз”) таронаси...

XX асрнинг энг машхур қўшиқларидан бири. Жон Кеннедининг ўлимидан кейин ёзилган бўлиб, Вьетнамдаги урушвоқеаларини ифодаловчи куйга айланган.

“Pink Floyd” гуруҳининг “Wish You Were Here”, (“Шу ерда бўлишингни истардим”) қўшиғи...

1975 йилда “Pink Floyd” гуруҳининг асосчиси Сид Барретт томонидан ёзилган қўшиқ руҳий касалликларга қарши курашишга қаратилган. Қўшиқ инсонни ёлғизлик ҳиссидан халос этади.

Жонни Кешнинг “Hurt” (“Зарар”) қўшиғи...

Қўшиқ “Nine Inch Nails” гуруҳининг етакчиси Трент Резнор томонидан ёзилган бўлиб, унда тузатиб бўлсам хато ҳақида куйланади. Қўшиқ ёзилгандан 7 ой ўтиб, унинг муаллифи вафот этди.

Шунингдек, Эрик Клэптоннинг “Tears in Heaven” (“Самовий кўз ёшлар”), Жефф Бакли, “Hallelujah”, Элтон Жон, “Candle in the Wind” (“Шамолдаги шам”), Элтон Жоннинг “Gloomy Sunday” (“Маъюс якшанба”) қўшиқлари ҳам шулар жумласидан.
Просмотров: 471 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 08.09.2017 | Комментарии (0)

Ёз мавсуми бошларида Ўзбекистонга Жан Клод Ван Дамм, Жефф Монсон келиши ҳақидаги хабарлар шов-шувга айланиб кетган эди.

Улар 9 сентябрь куни Тошкентда ўтказиладиган “Asian Fight–2017” спорт шоусида иштирок этишлари белгиланган эди.

Мазкур тадбирга бир неча кун қолганида Жан-Клод Ван Даммнинг иштироки бекор қилинганлиги хабар қилинди.

Бундан бироз олдинроқ Жан Клод Ван Дамм ортидан Жефф Монсон ҳам Тошкентга келолмаслиги тўғрисида маълумот бериб ўтдик.

Тадбир ташкилотчиси ҳисобланган Қобил Аҳмедовнинг айтишича, Ван Дамм саломатлиги оғирлашганлиги сабабли Тошкентга кела олмайдиган бўлди. Жефф Монсон билан тузилган шартнома ҳам умумий бўлганлиги учун, у ҳам кела олмайдиган бўлди.

9 сентябрь куни ўтказиладиган “Asian Fight–2017” спорт шоуси ташкилотчилари тадбирнинг маданий қисми бўйича ҳам маълумот бердилар. Тожикистоннинг машҳур ижодкори ҳисобланган Шабнами Сурайё шу куни Тошкентга келиши кутилмоқда. У меҳмон сифатида шоуда иштирок этади. Бундан ташқари, шу куни Тожикистондан Жонибек Муродов ҳам келади.

Шоуда ўзбек шоу-бизнеси вакилларидан Нилуфар Усмонова, Муниса Ризаева, Сардор Раҳимхон, Тоҳир Содиқов, Нилуфар, Манзура, Равшан Собиров, Карен Гафуржонов ҳамда “Оазис” гуруҳи иштирок этиши кутилмоқда.
Просмотров: 266 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 08.09.2017 | Комментарии (0)

Фуқароларнинг хавфсизлиги ва тинчлигига ички ишлар ходимлари масъулдирлар. Бироқ ички ишлар ходимлари ўз хавфсизлигини таъминлашда етарли малака ва кўникмага эга бўлмаса, улардан қандай ҳимояни кутиш мумкин?

Фавқулодда ҳолатларда ички ишлар ходимининг тўғри ҳаракати фуқаролар хавфсизлигини таъминлашдаги энг асосий масаладир.

Кеча, 5 сентябрь куни Тошкент шаҳрида Йўл патрул хизмати ходими ўғирланган автомобилни тўхтатиш учун қуролдан фойдаланиб, автомобилга қарата ўқ узгани ҳақида хабар берган эдик. Маълумотларга қараганда, мазкур воқеа Тошкентнинг Ҳамид Олимжон метро бекати яқинида содир бўлган.

Йўл патрул хизмати ходимлари жиноятчилар томонидан олиб қочилган Spark русумли енгил автомобилни тутиш жараёнидан ўзларининг уқувсизликларини кўрсатдилар. Буни таъқибдан қочишга уринаётган машинага нисабатан ҳимоясиз ЙПХ ходимларининг 3–4 нафари ташлангани ва бу ҳолат уларнинг ҳаётига хавф туғдирганини кузатдик. Бир неча киши жароҳатланди.

ЙПХ ходими ҳайдовчига нисбатан қурол ўқталган бўлсада, ҳайдовчи ҳаракатланишда давом этди. Бу эса жиноятчиларда ЙПХ ходимларида доимо кабура (пистолеть ғилофи) бўш туриши ҳақида тасаввур мавжудлигидан дарак беради. Жиноятчи ИИБ ходимининг қуроли ўқланганига шубҳа билдирган ёки қуролдан отишни билмайди деган фикрда ходимни босиб кетишга ҳаракат қилди.

ЙПХ ходимлари жанговар шайлиги борасида аҳолида шубҳа туғилмоқда, уларнинг кўчаларда савлат билан юришлари ёки туришлари аҳолида ўзини хавфсиз ҳис қилиш имконини бермаётганга ўхшайди.

Ашаддий жиноятчиларни тутишдаги бунақанги бўшлик жиноятчиликнинг кўпайишига ва аҳоли норозилигига сабаб бўлиши мумкин. Шу сабабдан ИИБ ходимлари малакаси ва жанговар тайёргарлигини қайта кўриб чиқилиши мақсадга мувофиқ.

Ички ишлар органи ходимларининг саломатлиги ва уларнинг зарур техника ва анжомлар билан таъминланганлиги фуқаролар хавфсизлиги гаровидир.
Просмотров: 299 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 06.09.2017 | Комментарии (0)

Dilso'z ikkinchi marta ona bo'ldi


“Ниҳол” мукофоти совриндори Дилсўз ва хонанда Фарруҳ Раимов оиласида яна бир қизалоқ дунёга келди.

6 сентябрь кунига ўтар кечаси дунёга келган фарзанд ҳақидаги илк хушхабарлар ижтимоий тармоқлар орқали тарқалди.

Табриклаш истагида хонанданинг маъмури билан боғланганимизда, ҳозирда хонанда ҳам, жажжи меҳмон ҳам ўзини яхши ҳис қилаётганлигини маълум қилди. Чақалоқ ҳақидаги маълумотларни эса сир сақлашни маъқул кўрди.

Эслатиб ўтамиз, Дилсўз тахаллуси билан ижод қилувчи Гўзал Жуманиёзова ва Фарруҳ Раимов оиласидаги илк фарзанд ҳам қиз бўлиб, у 2015 йилда дунёга келган эди. Қизалоққа Дилсўз исми қўйилган эди.

Ижодкорларни янги меҳмон билан табриклаб, қизалоқ умри узоқ ва бахтли қиз бўлиб вояга етишига тилакдошмиз!
Категория: Shou Biznes | Просмотров: 248 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 06.09.2017 | Комментарии (0)

« 1 2 3 4 »
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Iyun 2018  »
DshSshChrPshJuShYa
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930
Архив записей
Друзья сайта