Juma, 22.06.2018, 06:48
Мой сайт
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Dunyo [9]
Shou Biznes [4]
Sport [5]
Kino [0]
Mahalliy [14]
Texnologiyalar [2]
Mobil Operatorlar [0]
Avto [0]
Premyera [1]
Mobil telefonlar dunyosi [0]
Sulaymon Muhammadiyev [1]
Мини-чат
Статистика

Онлайн всего: 6
Гостей: 6
Пользователей: 0
Главная » Архив материалов
6/30 qoidasi to‘yib uxlashingizga yordam beradi


Bu qoidani bajarish ko‘p kuch talab qilmaydi, lekin yaxshi samaralar beradi.

U quyidagilardan iborat:

Uyqugacha bo‘lgan 6 soat ichida kofein iste’mol qilmang va uyqugacha bo‘lgan yarim soat davomida esa gadjetlardan foydalanmang.

Kofein

Olimlar uxlash oldidan, uxlashdan oldingi uch va olti soatgacha bo‘lgan vaqtlarda iste’mol qilingan kofeinning samarasini o‘rganib chiqdi. Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, olti soat — bu eng qisqa muddat ekan. Lekin, hatto tajriba qilinganlarning ba’zilarida bardamliklarining oxirgi olti soati davomida kofein iste’mol qilmagan bo‘lsalar ham uyquning buzilishi kuzatilgan.

Kofeinning eng ko‘p miqdori albatta qahva tarkibida bo‘ladi. Aynan shu ichimlik bardamlashtiruvchi degan nom olgan. Shuning uchun uni yaxshisi ertalabdan yoki kunduzi ichgan ma’qul.

Shuningdek, choy tarkibida ham unchalik ko‘p bo‘lmagan miqdorda kofein bor. Shuning uchun ko‘k va qora choylarni uyqu oldidan ichish tavsiya qilinmaydi. O‘tli qaynatmalar esa sizning osoyishtaligingizni buzmaydi.

Gadjetlar

Smartfon, noutbuk yoki boshqa gadjetlar ekranlarining moviy rangi uyqu gormoni — melatoninning ishlab chiqarilishiga qarshilik ko‘rsatadi. Yorqin nur organizmga uxlashga hali ertaligi haqida xabar yuboradi.

Buning ustiga uyqu oldidan dam olish kerak. Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatish, xatlarga javob berish yoki televizor tomosha qilish bilan siz o‘z miyangizni ortiqcha ma’lumotlar bilan to‘ldirasiz. Sizni qandaydir xabar uyg‘otib yubormasligi uchun, telefoningizni parvoz rejimiga o‘tkazib qo‘ying.

Eng yaxshisi uxlashdan bir soat oldin hamma elektron moslamalardan voz kechish kerak. Lekin organizm uyquga ketishga tayyorlanishi uchun yarim soat vaqt ham bemalol yetarli bo‘ladi.
Категория: Mahalliy | Просмотров: 261 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 06.09.2017 | Комментарии (0)

Ledi Gaga o‘z muxlislarini pitssa bilan mehmon qildi. Shu tariqa u shou bekor qilingani uchun uzr so‘radi


Amerikalik qo‘shiqchi Ledi Gaga xastaligi tufayli, Monrealdagi shouni tark etishga majbur bo‘lgach, o‘z muxlislarini pitssa bilan mehmon qildi, deb yozadi Afisha Daily.

Gaga o‘zi joylashgan mehmonxona yaqinida lager qurib olgan muxlislari uchun pitssa buyurtma qildi va dastxatlarini yubordi.

Minnatdorchilik sifatida yig‘ilgan muxlislar xonanda uchun uning derazasi tagida haqiqiy konsert uyushtirdi, shundan so‘ng Gaga balkonga chiqib, ular bilan salomlashdi.
Категория: Shou Biznes | Просмотров: 167 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 06.09.2017 | Комментарии (0)

Zaytun yog‘i go‘zallik uchun


Zaytun yog‘i azaldan sog‘liq va go‘zallikning koni bo‘lib hisoblangan. Bu yog‘ni tabiiy universal kosmetik vosita deb hisoblash odat tusiga kirib qolgan.

Uni mo‘jizali yog‘ deyishadi, chunki u haqiqatan ham yashashni yengillashtiradi. Zaytun yog‘idan nafaqat salatlar va tushliklarga qo‘shishda, balki kosmetik vositalar sifatida ham foydalanish mumkin.

Sochlarni parvarishlash uchun

Zaytun yog‘i ko‘pchilik Gollivud yulduzlari uchun sochlarni parvarish qilishda yordam beruvchi sevimli vosita hisoblanadi. U sochlarga ularning sog‘lig‘i va o‘sishi uchun zarur bo‘lgan ozuqaviy moddalar yetkazib beradi, bosh terisi va soch follikulalarining yetarlicha namlanishini, oziqlanishini ta’minlaydi.

Bundan tashqari, yog‘ bosh terisining qichishishi va quruqligini bartaraf qilishga yordam beradi. Hatto yog‘ni bir marta qo‘llashdan keyin sochlar ko‘z oldimizda o‘zgara boshlaydi: to‘yingan, egiluvchan va yarqiragan holatga kelib qoladi. Yog‘ni bosh terisiga ham, sochning butun uzunligi bo‘ylab ham surish mumkin.

Sochlarni parvarish qilishda muntazam ravishda zaytun yog‘idan foydalanish ularning to‘kilishini to‘xtatadi, qichishish va qazg‘oqni yo‘qotadi, uchlari “gullashi”ning oldini oladi, hajm va yaltiroqlik qo‘shadi.

Teri uchun

Zaytun yog‘i yuz terisini parvarish qilishda keng qo‘llaniladi. Bu mahsulot deyarli hech qachon allergiya chaqirmaydi, shuning uchun uni bemalol ta’sirchan terilarni parvarish qilishda ham ishlatish mumkin. U ajoyib tarzda terining quruqligini bartaraf etadi, shu bilan birgalikda namlaydi va oziqlantiradi.

Zaytun yog‘i nafaqat yuz uchun oziqlantiruvchi vosita, balki u makiyajni tozalovchi vosita sifatida ham ishlatiladi. Yog‘ ortiqcha kosmetikani juda yaxshi ketkazadi, shuningdek yuz terisini ham tozalaydi.
Категория: Mahalliy | Просмотров: 327 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 06.09.2017 | Комментарии (0)

Kecha, 5 sentabr kuni respublika valyuta birjasida o'tkazilgan savdolarda AQSh dollarining so'mga nisbatan qiymati 10 so'mga ortib, 1 dollar 8110 so'm miqdorida baholandi.

5 sentabrgacha aksariyat odamlar dollarning bozor kursini aniqlashda turli shubhali telefon ilovalari va saytlardan foydalanishar edi. Endi Prezident farmonidan so'ng davlatimizda valyuta bozori liberallashtirilgach, kursni «qora bozor»dagi ko'cha odamlari emas, respublika valyuta birjasida bo'lib o'tgan savdolarga qarab o'rnatib borilishini hamma ham bilmasa kerak.

Bundan buyon dollarning O'zbekiston respublika valyuta birjasida o'rnatilgan kunlik kurslarni ushbu havola orqali kuzatib borishingiz mumkin.
Категория: Mahalliy | Просмотров: 387 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 06.09.2017 | Комментарии (0)

5 sentabr kuni jismoniy va yuridik shaxslarga avtotransport vositalari uchun ro'yxatdan o'tkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan to'lov stavkalari bo'yicha berishda «O'zbekiston respublikasi tovar-xomashyo birjasi» AJ axborot tizimida auksion o'tkazish tartibi rasman amaliyotda boshlandi. Bu haqda Kun.uz'ga Ichki ishlar vazirligi yo'l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar bergan.

Unga ko'ra, xaridorgir chiroyli davlat raqami belgilari oshirilgan to'lov stavkalari bo'yicha avtoraqam.uzex.uz sayti orqali o'tkaziladigan auksionda sotilishi ma`lum bo'ldi. Auktsionda raqam belgilari I, II, III toifalarda hamda Toshkent shahri uchun ishlab chiqarilgan alohida oshirilgan stavkalar bo'yicha lotga qo'yiladi. Dastlabki auksionda ishtirok etishi ko'zda tutilgan raqamlarning boshlang'ich oshirilgan stavka bo'yicha narxi quyidagicha belgilangan.

Toshkent shahridagi 01 raqam partiyasi ostida

I - toifada 27 juft (seriyadagi son) 001, 002, 003, 004, 005, 006, 007, 008, 009, 100, 200, 300, 400, 500, 600, 700, 800, 900, 111, 222, 333, 444, 555, 666, 777, 888, 999 - ro'yxatdan o'tkazish davlat raqami belgilariga har xil kombinatsiyadagi harflar bilan boshlang'ich narxi EKIH 100 baravarida, bir xil kombinatsiyadagi harflar bilan boshlang'ich narxi EKIH 130 baravarida etib belgilandi.
Категория: Dunyo | Просмотров: 627 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 06.09.2017 | Комментарии (0)

6 sentabrdan boshlab valyuta O'zbekistondagi tijorat banklarining valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali eng kam 500 oylik ish haqi (9360 AQSh dollarigacha) qiymatdagi valyutasini sotayotgan mijozlardan pasport talab qilinmaydi.

Bungacha bu raqam eng kam 100 oylik ish haqi (1875 AQSh dollari edi)ga teng edi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Valyuta siyosatini liberallashtirish bo'yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida»gi Farmoniga ko'ra 5 sentabrdan e`tiboran jismoniy shaxslar ham tijorat banklarining konversion bo'limlarida xorijiy valyutani erkin sotish va xarid qilish imkoniyatiga ega bo'lishdi.
Категория: Dunyo | Просмотров: 535 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 06.09.2017 | Комментарии (0)

Mirziyoyev: O'zbekiston Qambar ota GESni Qirg'iziston bilan birga quradi




O'zbekiston va Qirg'iziston Respublikalari Prezidentlari Shavkat Mirziyoyev va Almazbek Atamboyev 5 sentabr kuni «Davlat chegaralari to'g'risida»gi hujjatni imzolagani haqida xabar berilgan edi. Atamboyevning so'zlariga ko'ra, o'zbek-qirg'iz chegarasining 85 foizi aniqlab bo'lingan. 

«Davlat chegaralari to'g'risidagi shartnoma – siyosiy iroda va kelishuvdir. Kelishish mumkin ekan-ku. Biz tarixni tiklayapmiz. Aytmatov bekorga bu haqda gapirmagan. Tarix tiklangani bilan sizni ham o'zimni ham tabriklayman. Ayrim qaltis masalalar yuzasidan Almazbek Sharshenovich bilan kelishib oldik. Shu sababli, ularda hal qilinadigan narsa qolmadi. Biz mazkur uchrashuvga muhim ahamiyat beramiz. Hozir odamlar: «Nahotki, biz avvallari bo'lgani kabi Andijon va O'shga borib-kelamiz?», deb savol bermoqda. O'zim uchun aytsam, men buni juda xohlayman. Biz odamlar uchrashishlari va savdo qilishlari uchun barcha narsani qilishga tayyormiz. Asosiysi, xalaqit qilmaslik. Imkonimiz bo'lsa yordam beraylik, ammo xalaqit qilmasligimiz kerak», - degan Shavkat Mirziyoyev 5 sentabr kungi kengaytirilgan majlisda. 

«Bu birinchi navbatda, doimo do'stim va birodarim deb ataydigan Shavkat Miromonovichning ulkan xizmatidir, - deya izoh bergan Almazbek Atamboyev. – Biz qachonlardir yagona davlat Qo'qon xonligi edik. 1991 yilgacha chegaralar bo'lmagan. Ammo, keyin bu katta muammoga aylandi va hatto Farg'ona vodiysi uchun fojia bo'ldi. Albatta, juda ko'plab muammolar bo'ldi, ba`zilari sun`iy, ayrimlari tashqi kuchlar tomonidan uyushtirildi. Biroq, hammasini hal qilish mumkin bo'ldi. Tor doiradagi muzokaralarda biz barcha masalalar bo'yicha o'zaro tushunishga erishdik va men O'zbekistonga taklifni qabul qildim».

Shavkat Mirziyoyevning fikricha, OAV ushbu tarixiy kun haqida bong urishi kerak. «Biz imkon qadar bu kun kelishini tezlashtirdik. Biz o'zaro ishonchli va ochiq suhbat qurdik. Ko'p narsalarni hal etdik. Bugun xohish-istak bo'lgani uchun ko'p narsaga erishdik. Biz tariximiz va kelajagimizni tiklayapmiz. Men sizni davlat tashrifi bilan O'zbekistonga taklif qilaman», - deya o'z taklifini takrorlagan Mirziyoyev.

Uning va`da qilishicha, tomonlar qisqa muddatda chegaraning qolgan 15 foizini ham aniqlab oladi, eng jiddiy masalalarni hal etadi. 

O'zbekiston Prezidenti suvdan foydalanish va GES qurilshi masalasiga ham alohida to'xtaldi. «Atamboyev aytdiki, O'zbekiston ishtirokisiz birorta ha GES barpo etilmaydi. Biz birgalikda Qambar ota GESini barpo etamiz, moliyaviy va boshqa masalalarda yordam beramiz. Uu bizga zarur va kerak», - deb qo'shimcha qilgan Mirziyoyev.
Просмотров: 228 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 06.09.2017 | Комментарии (0)



Odamlar tishlarni oqartiruvchi qimmatbaho vositalar va amallarga juda ko‘p mablag‘ sarflaydi. Afsuski, ularning ko‘pchiligi o‘zimiz kutganimizdek yaxshi natijalarni bera olmaydi. Lekin bu bilan uy sharoitida kurashish usullari ham mavjud.

Ichimlik sodasi

Ichimlik sodasi — pishiriqlar tayyorlashda ishlatiladigan va tishlarni oqartirish borasida ham mo‘jizalar yaratuvchi tarkibiy qism hisoblanadi. Sodaning unchalik ko‘p bo‘lmagan miqdorini ichimlik suvi bilan aralashtiring va foydalanishdan oldin tish cho‘tkasi ustiga suring. Shuningdek sodani tishlarga barmoqlaringiz bilan ham surishingiz mumkin. Bir daqiqa qoldiring va albatta og‘zingizni yaxshilab chayqab tashlang — sodaning davomli ta’siri natijasida tishlarning emal qavati yemirilishi mumkin.

Mevalarning po‘sti

Siz hozirgina banan yoki apelsin yedingizmi? Po‘stini tashlab yubormang: u emal qavatiga tiklovchi ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga ega bo‘lgan magniy, kaliy va marganets kabi minerallarga juda boy. Tishlarni tozalashda ulardan foydalaning — maydalangan po‘sloqni tish pastasiga qo‘shing!

Olma sirkasi

Olma sirkasi nafaqat salatlar va taomlar ta’mini yaxshilashda, balki tishlarni oqartirishda va yaltiratishda ham yordam beradi. Tishlaringizni bu suyuqlik bilan ishqalang va og‘zingizni yaxshilab chayqab tashlang. Bu amallarni bir necha kun davomida takrorlash natijasida ular oppoq tusga kiradi va yaltiraydi!

Balki sizga bu tabiiy vositalar ta’sirining samarasi darrov bilinmasligi mumkin. Lekin sabr qilsangiz — siz o‘zingiz xohlagan natijalarga erishishingiz va tishlaringizning go‘zalligidan zavqlanib bemalol kulishingiz mumkin.
Категория: Dunyo | Просмотров: 434 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 05.09.2017 | Комментарии (0)

Ioaxim Lyov boshchilik qiladigan Germaniya terma jamoasi Rossiya—2018 mundiali uchun navbatdagi qadamni tashlab, Shtutgart shahrida Norvegiyani tor-mor keltirdi — 6:0.

Bunga qadar Belgiya terma jamoasi 8 ta o‘yindagi 7 ta g‘alaba bilan muddatidan avval JCh missiyasini hal qilib qo‘ygandi. Nemislarga esa ketma-ket 8 ta g‘alaba ham buning uchun imkon bermadi.

Boisi, guruhning boshqa bir vakili Shimoliy Irlandiya saralashni qoniqarli o‘tkazmoqda. Ular eng minimum pley-offda o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Nazariy jihatdan irlandlarda Germaniyadan peshqadamlikni tortib olish uchun imkoniyat bor.

Guruhning qolgan vakillari JCh chiptasi bilan rasman xayrlashib bo‘ldi.

JCh—2018. Saralash
“C” guruhi. 8-tur
4-sentabr, yakshanba

Ozarbayjon — San-Marino 5:1

Gollar: Afron Ismoilov, 20 (1:0). Oraz Abdullayev, 25 (2:0). Afron Ismailov, 57 (3:0). Mikele Chevoli, 71-avt (4:0). Mirko Palatssi, 74 (4:1). Rashod Sadigov, 81 (5:1).

Germaniya — Norvegiya 6:0

Gollar: Mesut O‘zil, 10 (1:0). Yulian Draksler, 17 (2:0). Timo Verner, 21 (3:0). Timo Verner, 40 (4:0). Leon Goretska, 50 (5:0). Mario Gomes, 79 (6:0).

Shimoliy Irlandiya — Chexiya 2:0

Gollar: Jonni Evans, 28 (1:0). Kris Brant, 41 (2:0).
Категория: Sport | Просмотров: 178 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 05.09.2017 | Комментарии (0)

Ish, atrofdagilar, sport shaxsiy hayotingizga bilintirmasdan kirib olishi va sizdan kerakli kuchlaringizni olib qo‘yishi mumkin. Ba’zan nimalardan va nima uchun dam olib turish kerakligi to‘g‘risida quyidagi maslahatlarimiz siz uchun foydali bo‘lishiga umid qilamiz.

Ishdan dam oling

Ishdan ruhiy chetlashtirilish — bu hatto ishdan bo‘sh bo‘lgan vaqtlaringizda ham u haqda eslamaslik qobiliyati.

Ko‘pchiligimiz bilan butun hafta davomida telefon yoki elektron pochta orqali bog‘lanish mumkin bo‘ladi. Ko‘pincha o‘zini ishga bag‘ishlaganlar hayotning qolgan sohalarida baxtsiz bo‘ladi. Tadqiqotlarga ko‘ra, ota-onalarning normalanmagan ish kuni bolalarning o‘sishi va ahvoliga salbiy ta’sir qilishi aniqlangan. Ota-onalar va farzandlar orasidagi aloqa buziladi. Bunga ota-onalarning bolalariga kam vaqt va e’tibor ajratgani sabab bo‘ladi.

Agar siz yotganda ham, turganda ham ish haqida o‘ylayotgan bo‘lsangiz, unda qayta yuklanish vaqti kelibdi. Chegara o‘rnating va ish lahzalarining uni buzishiga yo‘l qo‘ymang. Aks holda asablaringiz buzilishi va shaxsiy hayotingizda muammolar paydo bo‘lishi mumkin.

Smartfondan dam oling

O‘rtacha olganda odam bir kunda 85 marta telefonini tekshirib ko‘radi va besh soatdan ortiq vaqtini internetda o‘tkazadi. Telefondan haddan tashqari ko‘p foydalanish depressiya, xavotir, stress, uyqu buzilishi, shuningdek idrok qilishning pasayishiga olib keladi.

Ertalabki soatlarni yangiliklarni ko‘rib chiqishga sarf qilishning o‘rniga, yaxshisi jismoniy mashqlarga, ijod qilishga, kunni rejalashtirishga va yaqinlaringizga sarflaganingiz ma’qul.

Odamlardan dam oling

Har birimizga o‘zimiz yolg‘iz qolishimiz uchun vaqt kerak bo‘ladi. Fikrlarimizni bir joyga to‘plash, biror narsani o‘ylab olish va dam olish uchun. Shuning uchun bunga bir kunda 20-60 daqiqa vaqt ajrating. Bunday dam olish — fikrlarni yangidan yuklab olish va yangi g‘oyalarni yuzaga keltirishning ajoyib yo‘li hisoblanadi.

Dam oling va to‘yib uxlang

Biz uyqusiz yashay olmaymiz. Shuning uchun undan voz kechish sog‘liq uchun xavfli. Sog‘lom uyqu xotirani, fikrlashni va diqqatni yaxshilaydi, umrni uzaytiradi, stress va depressiyaning oldini oladi.
Категория: Mahalliy | Просмотров: 277 | Добавил: Admin | Дата: 28.07.2017 | Комментарии (0)

« 1 2 3 4 »
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Iyun 2018  »
DshSshChrPshJuShYa
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930
Архив записей
Друзья сайта