Juma, 22.06.2018, 06:50
Мой сайт
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Dunyo [9]
Shou Biznes [4]
Sport [5]
Kino [0]
Mahalliy [14]
Texnologiyalar [2]
Mobil Operatorlar [0]
Avto [0]
Premyera [1]
Mobil telefonlar dunyosi [0]
Sulaymon Muhammadiyev [1]
Мини-чат
Статистика

Онлайн всего: 2
Гостей: 2
Пользователей: 0
Главная » Архив материалов
Assalomu Alaykum Hurmatli Saytimiz mehmonlariyu Aziz Foydalanuvchilari Sizlarga bugun Mashhur insolrdan Yana Bittasi Haqida Ma'lumot beramiz Sulaymon Muhammadiyev 1999 yilda Tojikiston Dushanbe ha maxtab aytsak Poytaxtda Tugilgan Ma'lumoti Oliy darajada :-) qiziqishi Futbol Musiqa Yaqinda Maktabni Tamomladi Niyati REAL MADRID CLUB a'zosi "Ronalduni" O'rnini Olish
Ko'ramiz Oldin Tojikiston Terma jamoasida Oynasin
Ha uning Ijemi ""UMMON"" Guruhidagi Zohid ga Oxshab kiyinadi sochlariyu boshqa joylari Ushbu Shaxs Bilan To'g'ridan- to'g'ri ochiq muloqot qilishni Istaysizmi Unda Sizga Talegram Imo Odnoklassnikidagi Profillari Telegram va Imo -->> +992907071787 OK.RU da ->> Sulaymon Odnoklassniki.ru da Kop eshitgandan kora bir marta koring ozini
Прикрепления: 1 · 2 · 3 · 4
Категория: Sulaymon Muhammadiyev | Просмотров: 250 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 27.07.2017 | Комментарии (0)

Rossiyaning birinchi prezidenti limuzini sotuvga qo‘yildi


O‘z vaqtida Rossiyaning birinchi prezidenti Boris Yelsin yurgan Mercedes-Benz S-Class Pullman zirhli limuzini sotuvga qo‘yildi. 1995-yili chiqarilgan avtomobil narxi 33,8 million rubl qilib belgilandi.

E’londa aytilishicha, avtomobil W140 kuzovidagi birinchi Pullman’dir. Bunday mashinalardan jami 27 ta chiqarilgan. Dastlab limuzin Germaniya kansleri Gelmut Kolga mo‘ljallangan edi, ammo u mashinani Boris Yelsinga sovg‘a qilgan. Yelsin mashinadan 1995-yildan umrining oxiriga qadar foydalangan.

Limuzin 394 ot kuchiga ega 6 litrli dvigatel va avtomat o‘tkazmalar qutisi bilan jihozlangan. Mashina qariyb 90 ming kilometr yurgan. Avtomobil ishchi holatda.

Ayni paytda mashina xususiy kolleksiyada.
Категория: Dunyo | Просмотров: 283 | Добавил: Admin | Дата: 07.07.2017 | Комментарии (0)

Ijtimoiy tarmoqlarning 6 ta ilmiy asoslantirilgan xavfli jihati


Sog‘liqni saqlash sohasidagi mutaxassislar o‘tirish — bu yangi chekish ekanligini ta’kidlamoqda. Uzoq vaqt davomida o‘tirish odati keltirib chiqaradigan xastaliklar, ular oqibatida har yili qancha odam vafot etishini hisobga olsa o‘tirish sog‘lig‘imiz uchun jiddiy tahdidlardan biri hisoblanadi.

Biroq hozirgi vaqtda ko‘p sonli odamlarni zombiga aylantirgan (ijtimoiy tarmoqlardan uzoqlasha olmaslik) ruhiy xastalik yanada ko‘proq zarar keltiradi. Ijtimoiy tarmoqlarga bog‘lanib qolish yaxshilikka olib kelmasligi haqida Insider Pro nashri hikoya qiladi.

Amerika pediatrlar akademiyasi ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish bolalar va o‘smirlar sog‘lig‘ida internetdagi tahdidlar va Facebook-depressiya kabi salbiy oqibatlarga olib kelishi haqida ogohlantiradi. Biroq barcha yoshdagi katta kishilar uchun ham aynan shunday xavf mavjud. Quyida ijtimoiy tarmoqlar ruhiy salomatlik uchun zararli ekanligini ko‘rsatuvchi tadqiqotlar bilan tanishishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar ko‘nikishni yuzaga keltiradi

Ekspertlar internetga ko‘nikib qolish yoki ijtimoiy tarmoqlarga ko‘nikib qolish sindromi mavjud-mavjud emasligi haqida yagona fikrga ega emas, biroq har ikkala holatda ham javob tasdiq shaklida bo‘lishiga barcha asoslar bor.

Nottingem Trent universiteti olimlari kishi ruhiy xarakteristikasi, shaxs tipi va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish o‘rtasidagi aloqalar haqidagi ilmiy adabiyotlarni o‘rganib chiqdi. Tadqiqot mualliflari quyidagi xulosaga keldi:

“Facebook’ga bog‘lanib qolish sindromi haqida gapirish uchun barcha asoslar mavjud. Chunki ijtimoiy tarmoqlarda juda ko‘p vaqt o‘tkazuvchi bir qator kishilarda shaxsiy hayotdan qochish, butun e’tiborni Facebook’ga qaratish, haqiqatdan uzoqlashish, kayfiyatning keskin tushishi, real hayotdan uzoqlashish istagini yashirish kabi qaramlikning barcha belgilari kuzatiladi”.

Shuningdek, tadqiqotlar xuruj sindromi ham mavjudligini ko‘rsatdi. Bir necha yil avval Suonsidagi universitet olimlari internetdan foydalanishni to‘xtatgan kishilar ruhiy xurujdan aziyat chekishini aniqladi.

Yaqinda ular ushbu mavzuda yangi tadqiqot o‘tkazdi va internetdan voz kechish nafaqat ruhiy shikast yetkazishi, balki jismoniy sog‘liqqa ham zarar yetkazishini aniqladi. Tadqiqot mualliflaridan biri Fil Rid bu holatni quyidagicha ta’riflaydi:

“Internetda juda ko‘p vaqt sarflovchi kishilar mobil qurilmadan foydalanishni to‘xtatganda, tashvishli holatga tushib qolishi bizga ancha ilgaridan ma’lum edi. Biroq hozir ruhiy holatdagi o‘zgarishlar real jismoniy o‘zgarishlar bilan birga kechishini aniqladik”.

Ijtimoiy tarmoqlar insonni baxtsiz qiladi

Bir necha yil avval o‘tkazilgan tadqiqot Facebook’dan ko‘p foydalanagan odam o‘zini baxtli lahzalardan mahrum qilishi va hayotdan kamroq bahra olishini ko‘rsatdi.

“Sirtdan qaraganda Facebook kishilar o‘rtasida o‘ziga xos muloqot vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Biroq odamlar bilan jonli muloqot kishi kayfiyatiga yaxshi ta’sir ko‘rsatgani holda, Facebook’da muloqot qilish yoshlarga aks ta’sir ko‘rsatib, ularni baxtsiz qiladi”, — deya ta’kidlaydi tadqiqot mualliflari.

Yana bir tadqiqot esa ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish ijtimoiy yakkalanish hissini yuzaga keltirishini ko‘rsatdi. Olimlar kishilarning Facebook, Twitter, Google+, YouTube, LinkedIn, Instagram, Pinterest, Tumblr, Vine, Snapchat va Reddit kabi 11 ta ijtimoiy tarmoqda o‘tkazgan vaqti ularning o‘zini qanchalik ijtimoiy yakkalangan his qilishiga bog‘liq ekanligini o‘rganib chiqdi.

Ular o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik mavjudligi aniqlandi. Ijtimoiy yakkalanish hissi insonning ruhiy va jismoniy salomatligiga ulkan zarar yetkazishi mumkin.

O‘z hayotini boshqalarniki bilan taqqoslash ruhiy shikastlanishga olib keladi

Facebook kishilarda ijtimoy yakkalanish hissini yuzaga keltirishi sabablaridan biri taqqoslashdir. Frendlentani ko‘zdan kechira turib, istab yoki istamagan holda o‘zimizni boshqa odamlar bilan taqqoslaymiz.

Ijtimoiy tarmoqlardagi do‘stlar
Категория: Texnologiyalar | Просмотров: 305 | Добавил: Admin | Дата: 07.07.2017 | Комментарии (0)

“Darakchi” nashri xonanda Lola fe’l-atvoridagi 8 ta o‘ziga hos jihatni o‘zida aks ettirgan intervyuni taqdim etdi.

“Mehribonman…”Tashqi ko‘rinishimga qarab ko‘pchilik meni xarakteri og‘ir, hech kim bilan kelisholmaydigan inson deb o‘ylashi mumkin. Aslida, esa men juda nozik, mehribon va ko‘ngli bo‘sh ayolman. Har doim insonlarni tushunishda mehrni birinchi o‘ringa qo‘yaman.

“Qattiqqo‘lman…”

Mehrni ustun qo‘ysam ham ba’zida qattiqqo‘l bo‘lishimga ham to‘g‘ri keladi. Misol uchun farzandlarim tarbiyasida qattiqqo‘llikni endi o‘rgandim. Avvallari agar ular biror noto‘g‘ri ish qilishsa, urishardim-u, ammo biroz vaqt o‘tgandan so‘ng ko‘nglim bo‘shab kechirib yuborardim. Hozir esa biror ayblari uchun yaxshi ko‘rgan o‘yinchoqlari yoki mashg‘ulotlaridan mahrum qilsa, gapimda turishga harakat qilayapman. Chunki bolalar tarbiyasida qattiqqo‘llik eng zarur jihatlardan biri ekan.

“Tushungim kelmaydi…”

Har bir vaziyatda imkon qadar odamlarni tushunib, ularni qo‘llab quvvatlashga harakat qilaman. Ammo ishda, hayotdagi munosabatlarda, beshafqat, nosamimiy, ikkiyuzlamachilarni umuman tushunmayman. Bu kabi menga yoqmaydigan fe’l-atvordagi insonlar bilan hech qanday munosabat o‘rnatishni istamayman. Suhbatdoshim men bilan rostgo‘y va samimiy bo‘lsa, menga shuning o‘zi kifoya.

“Talabchanman…”

Har bir ijodkordagi kabi meni ham o‘zimga yarasha injiqliklarim bor. Bundan tashqari juda talabchanman. Har bir ish ideal darajada bo‘lishi shart! Atrofimdagilardan ham shuni talab qilaman. Bilasizmi, ba’zida bu fe’lim menga biroz halaqit ham beradi. Chunki hayotda ham, ishda ham hammasi o‘zimiz o‘ylagandek bo‘lavermaydi. Men esa ideallik darajasini talab qilib boshqalarni qiynab qo‘yaman. “Mayli, shu ham bo‘laveradi. Bir gal kamchiligi bo‘lsa, hech narsa qilmas… Bu xatolikni hech kim sezmaydi” deb vaziyatni bo‘sh qo‘yolmayman. Albatta, har bir ishim xayolimdagi kabi yuqori darajada bo‘lishi kerak.

“Agar meni aldashsa…”

U bilan butunlay aloqani uzaman. Vaziyatni oydinlashtirib, nega meni aldaganini tushuntirib berishini ham kutmayman. Bir marta ishlatilgan yolg‘ondan keyin u insonga ishonishim juda-juda qiyin. Men uchun yaxshilik yo‘lida yolg‘on ishlatdim, degan izohning o‘zi mavjud emas. Rost qanchalik achchiq bo‘lmasin uni qabul qilishga o‘rganish kerak. Men ham shundayman.

“Meni o‘zgartirgan hayot…”

Har bir inson hayoti davomida turli vaziyatlar ta’sirida o‘zgarib, mukammalashib boradi. Shaxsan men ham hayotimdagi ayrim voqealar sabab o‘zgarib, butunlay boshqa Lolaga aylanib boryapman. Misol uchun farzandlarimni dunyoga keltirganimdan keyin hayotga umuman boshqa ko‘z bilan qaray boshladim. Yuragingizining bir parchasi bilan birga nafas ola boshlab, “Men” o‘rniga “biz” degan tushuncha bilan yashar ekansiz. Nazarimda, har bir ayol ona bo‘lgandan so‘ng borliqni yana ham chiroyli ranglarda ko‘ra boshlaydi. Sobiq turmush o‘rtog‘im bilan ajrashganimdan keyin ham qarashlarimda o‘zgarishlar, yangilanishlar paydo bo‘ldi. Yana ham to‘g‘riroq aytadigan bo‘lsam, menga ana shu ajrimgacha bosib kelgan yo‘l ta’sir qilgan. Ayni dam shaxsiy hayotimda sodir bo‘layotgan voqealar, taqdir yo‘limda bir insonning paydo bo‘lishi meni yana ham o‘zgarishimga sabab bo‘lyapti. Hayotga, dunyoga boshqa nigohlar bilan qarashni boshlayapman. Bundan esa juda baxtiyorman.

“To‘ng‘ichlik mas’uliyati…”

Oilada eng yaxshi tarbiya bu – o‘rnak bo‘la olish, deb bilaman. Ayniqsa, to‘ng‘ich farzandning uka-singillariga namuna bo‘lishi katta mas’uliyatni talab etadi. Shunday bo‘lsa-da, har bir narsada o‘zimdan bir yarim yosh kichik ukamdan maslahat so‘rayman. Nafaqat men, balki singillarim ham ukamning gapiga quloq tutib, yo‘l-yo‘riq so‘rashga odatlanishgan.
Прикрепления: 1
Категория: Shou Biznes | Просмотров: 280 | Добавил: Admin | Дата: 06.07.2017 | Комментарии (0)

Messi to'yidagi mehmonlarga sovg'alarni xayriyaga almashtirishni so'radi


«Barselona» va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi to'yiga kelgan mehmonlarga sovg'a berishdan ko'ra, o'zi tashkil qilgan xayriya fondiga mablag' o'tkazib berishlarini so'ragan. Bu haqda Goal.com internet-nashri xabar tarqatdi.

30 yoshli futbolchi 2009 yilda sog'liqni saqlash, ta`lim va sport sohasida bolalarga ko'maklashish maqsadida ushbu xayriya fondini tashkil qilgandi.

Messining to'yi bugun, 30 iyun kuni Argentinaning Leo tug'ilib o'sgan Rosario shahrida bo'lib o'tadi. Messi ikki farzandining onasi bo'lgan Antonella Rokkutstsoga rasmiy ravishda
Категория: Sport | Просмотров: 238 | Добавил: Admin | Дата: 01.07.2017 | Комментарии (0)

29-iyun kuni “O‘zbekkino” milliy agentligida Yaponiyaning bir qator ommaviy axborot vositalari va kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda agentlik saytida ma’lum qilindi.

Tabdirda ishtirok etgan “O‘zbekkino” milliy agentligi bosh direktori Otabek Musayev, Yaponiya Vazirlar Mahkamasining hududlarda turizmni rivojlantirish va targ‘ib qilish bo‘yicha maslahatchisi, JTB korporatsiyasi menejeri Kazunori Koseki, Loaded Films Co. Ltd prodyusserlik kompaniyasi prezidenti Eiko Mizuno va kompaniya hamraisi, prodyusser Jeyson Edvard Greyemlar ikki mamlakat kinoijodkorlari o‘rtasidagi amaliy aloqalarni rivojlantirish maqsadida mavjud imkoniyatlardan yetarli darajada foydalanilmayotganini e’tirof etdi.

Shundan kelib chiqqan holda o‘zbek va yapon kinoijodkorlari hamkorligida film ishlab chiqarishga doir masalalar muhokama qilindi. Bunda Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomli Davlat akademik katta teatrining qurilishida ishtirok etgan mehnatkash yaponlar haqidagi hikoyalar badiiy film ssenariysi uchun asos bo‘lishi mumkinligi aytildi. Bu borada Yaponiya tomonidan taklif qilingan film sinopsisi ko‘rib chiqilib, mazkur loyiha bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kelishib olindi.

Uchrashuv yakunida delegatsiya a’zolari O‘zbekiston kinosan’ati muzeyiga tashrif buyurdi hamda rejissor Sh. Maxmudov tomonidan suratga olingan “Ibn Sino” nomli badiiy-hujjatli filmni tomosha qildi.
Категория: Mahalliy | Просмотров: 302 | Добавил: Admin | Дата: 01.07.2017 | Комментарии (0)

O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tarkibidagi “Yoshlar” telekanaliga direktor etib tayinlanadi.

Foto: “Darakchi.uz”
Bu haqda, o‘zining ishonchli manbalariga asoslanib, “Darakchi.uz” nashri xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, Ozodbek Nazarbekovning “Yoshlar” telekanaliga rahbar etib tayinlanishi Toshkentda 30-iyun kuni bo‘lib o‘tgan “Kamolot” YoIH qurultoyi vaqtida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan e’lon qilingan.

Avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan qurultoy davomida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati faoliyatini tugatib, uning o‘rnida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilingani haqida xabar berilgan edi.
Категория: Shou Biznes | Просмотров: 242 | Добавил: Admin | Дата: 01.07.2017 | Комментарии (0)

28-iyun kuni Ispaniyada qo‘lga olingan to‘rt nafar IShID tarafdorining biri Balear orollaridagi maydonda piyodalarga hujum uyushtirish rejalashtirilganini tan oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Malyorka. Foto: ABC
Aytilishicha, gumonlanuvchi Abdulqodir Mahmudiy Inka shahri meriyasi qarshisidagi maydonda sovuq qurol yordamida o‘tkinchilarga hujum qilmoqchi bo‘lgan. Bunday xulosalarga huquq-tartibot organlari topib o‘rgan audiovizual materiallar tahlili asosida kelindi.

Ispaniya milliy sud kollegiyasi erkakni garovga ozod qilishdan mahrum qilgan holda hibsda tutib turishga hukm chiqardi.

Aytilishicha, qo‘lga olingan shaxslar 2015-yildan buyon kuzatib kelingan. To‘plangan materiallar tahlili natijasida ularning terror uyushtirish maqsadlari aniqlashtirilib, erkaklar Malyorka orolida qo‘lga olindi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Категория: Dunyo | Просмотров: 225 | Добавил: Admin | Дата: 01.07.2017 | Комментарии (0)

Salom Aziz Foydalanuvchilari Saytimiz Taronam.Com Nomi bilan ish boshladi Iltimos bizdan Uzoqlashmang bizni kuzatib boring Hurmat bilan Admin
Категория: Dunyo | Просмотров: 239 | Добавил: Admin | Дата: 29.06.2017 | Комментарии (0)

DesignSHYI tomonidan clonlangan yana bir sayt
uCoz dizayner, Clonlash ustasi smile
Категория: Premyera | Просмотров: 210 | Добавил: DesignSHYI | Дата: 28.06.2017 | Комментарии (0)

« 1 2 3 4
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Iyun 2018  »
DshSshChrPshJuShYa
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930
Архив записей
Друзья сайта