Juma, 22.06.2018, 06:49
Мой сайт
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Dunyo [9]
Shou Biznes [4]
Sport [5]
Kino [0]
Mahalliy [14]
Texnologiyalar [2]
Mobil Operatorlar [0]
Avto [0]
Premyera [1]
Mobil telefonlar dunyosi [0]
Sulaymon Muhammadiyev [1]
Мини-чат
Статистика

Онлайн всего: 2
Гостей: 2
Пользователей: 0
Главная » Shou Biznes
Dilso'z ikkinchi marta ona bo'ldi


“Ниҳол” мукофоти совриндори Дилсўз ва хонанда Фарруҳ Раимов оиласида яна бир қизалоқ дунёга келди.

6 сентябрь кунига ўтар кечаси дунёга келган фарзанд ҳақидаги илк хушхабарлар ижтимоий тармоқлар орқали тарқалди.

Табриклаш истагида хонанданинг маъмури билан боғланганимизда, ҳозирда хонанда ҳам, жажжи меҳмон ҳам ўзини яхши ҳис қилаётганлигини маълум қилди. Чақалоқ ҳақидаги маълумотларни эса сир сақлашни маъқул кўрди.

Эслатиб ўтамиз, Дилсўз тахаллуси билан ижод қилувчи Гўзал Жуманиёзова ва Фарруҳ Раимов оиласидаги илк фарзанд ҳам қиз бўлиб, у 2015 йилда дунёга келган эди. Қизалоққа Дилсўз исми қўйилган эди.

Ижодкорларни янги меҳмон билан табриклаб, қизалоқ умри узоқ ва бахтли қиз бўлиб вояга етишига тилакдошмиз!
Категория: Shou Biznes | Просмотров: 248 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 06.09.2017 | Комментарии (0)

Ledi Gaga o‘z muxlislarini pitssa bilan mehmon qildi. Shu tariqa u shou bekor qilingani uchun uzr so‘radi


Amerikalik qo‘shiqchi Ledi Gaga xastaligi tufayli, Monrealdagi shouni tark etishga majbur bo‘lgach, o‘z muxlislarini pitssa bilan mehmon qildi, deb yozadi Afisha Daily.

Gaga o‘zi joylashgan mehmonxona yaqinida lager qurib olgan muxlislari uchun pitssa buyurtma qildi va dastxatlarini yubordi.

Minnatdorchilik sifatida yig‘ilgan muxlislar xonanda uchun uning derazasi tagida haqiqiy konsert uyushtirdi, shundan so‘ng Gaga balkonga chiqib, ular bilan salomlashdi.
Категория: Shou Biznes | Просмотров: 167 | Добавил: ADMIN1 | Дата: 06.09.2017 | Комментарии (0)

“Darakchi” nashri xonanda Lola fe’l-atvoridagi 8 ta o‘ziga hos jihatni o‘zida aks ettirgan intervyuni taqdim etdi.

“Mehribonman…”Tashqi ko‘rinishimga qarab ko‘pchilik meni xarakteri og‘ir, hech kim bilan kelisholmaydigan inson deb o‘ylashi mumkin. Aslida, esa men juda nozik, mehribon va ko‘ngli bo‘sh ayolman. Har doim insonlarni tushunishda mehrni birinchi o‘ringa qo‘yaman.

“Qattiqqo‘lman…”

Mehrni ustun qo‘ysam ham ba’zida qattiqqo‘l bo‘lishimga ham to‘g‘ri keladi. Misol uchun farzandlarim tarbiyasida qattiqqo‘llikni endi o‘rgandim. Avvallari agar ular biror noto‘g‘ri ish qilishsa, urishardim-u, ammo biroz vaqt o‘tgandan so‘ng ko‘nglim bo‘shab kechirib yuborardim. Hozir esa biror ayblari uchun yaxshi ko‘rgan o‘yinchoqlari yoki mashg‘ulotlaridan mahrum qilsa, gapimda turishga harakat qilayapman. Chunki bolalar tarbiyasida qattiqqo‘llik eng zarur jihatlardan biri ekan.

“Tushungim kelmaydi…”

Har bir vaziyatda imkon qadar odamlarni tushunib, ularni qo‘llab quvvatlashga harakat qilaman. Ammo ishda, hayotdagi munosabatlarda, beshafqat, nosamimiy, ikkiyuzlamachilarni umuman tushunmayman. Bu kabi menga yoqmaydigan fe’l-atvordagi insonlar bilan hech qanday munosabat o‘rnatishni istamayman. Suhbatdoshim men bilan rostgo‘y va samimiy bo‘lsa, menga shuning o‘zi kifoya.

“Talabchanman…”

Har bir ijodkordagi kabi meni ham o‘zimga yarasha injiqliklarim bor. Bundan tashqari juda talabchanman. Har bir ish ideal darajada bo‘lishi shart! Atrofimdagilardan ham shuni talab qilaman. Bilasizmi, ba’zida bu fe’lim menga biroz halaqit ham beradi. Chunki hayotda ham, ishda ham hammasi o‘zimiz o‘ylagandek bo‘lavermaydi. Men esa ideallik darajasini talab qilib boshqalarni qiynab qo‘yaman. “Mayli, shu ham bo‘laveradi. Bir gal kamchiligi bo‘lsa, hech narsa qilmas… Bu xatolikni hech kim sezmaydi” deb vaziyatni bo‘sh qo‘yolmayman. Albatta, har bir ishim xayolimdagi kabi yuqori darajada bo‘lishi kerak.

“Agar meni aldashsa…”

U bilan butunlay aloqani uzaman. Vaziyatni oydinlashtirib, nega meni aldaganini tushuntirib berishini ham kutmayman. Bir marta ishlatilgan yolg‘ondan keyin u insonga ishonishim juda-juda qiyin. Men uchun yaxshilik yo‘lida yolg‘on ishlatdim, degan izohning o‘zi mavjud emas. Rost qanchalik achchiq bo‘lmasin uni qabul qilishga o‘rganish kerak. Men ham shundayman.

“Meni o‘zgartirgan hayot…”

Har bir inson hayoti davomida turli vaziyatlar ta’sirida o‘zgarib, mukammalashib boradi. Shaxsan men ham hayotimdagi ayrim voqealar sabab o‘zgarib, butunlay boshqa Lolaga aylanib boryapman. Misol uchun farzandlarimni dunyoga keltirganimdan keyin hayotga umuman boshqa ko‘z bilan qaray boshladim. Yuragingizining bir parchasi bilan birga nafas ola boshlab, “Men” o‘rniga “biz” degan tushuncha bilan yashar ekansiz. Nazarimda, har bir ayol ona bo‘lgandan so‘ng borliqni yana ham chiroyli ranglarda ko‘ra boshlaydi. Sobiq turmush o‘rtog‘im bilan ajrashganimdan keyin ham qarashlarimda o‘zgarishlar, yangilanishlar paydo bo‘ldi. Yana ham to‘g‘riroq aytadigan bo‘lsam, menga ana shu ajrimgacha bosib kelgan yo‘l ta’sir qilgan. Ayni dam shaxsiy hayotimda sodir bo‘layotgan voqealar, taqdir yo‘limda bir insonning paydo bo‘lishi meni yana ham o‘zgarishimga sabab bo‘lyapti. Hayotga, dunyoga boshqa nigohlar bilan qarashni boshlayapman. Bundan esa juda baxtiyorman.

“To‘ng‘ichlik mas’uliyati…”

Oilada eng yaxshi tarbiya bu – o‘rnak bo‘la olish, deb bilaman. Ayniqsa, to‘ng‘ich farzandning uka-singillariga namuna bo‘lishi katta mas’uliyatni talab etadi. Shunday bo‘lsa-da, har bir narsada o‘zimdan bir yarim yosh kichik ukamdan maslahat so‘rayman. Nafaqat men, balki singillarim ham ukamning gapiga quloq tutib, yo‘l-yo‘riq so‘rashga odatlanishgan.
Прикрепления: 1
Категория: Shou Biznes | Просмотров: 280 | Добавил: Admin | Дата: 06.07.2017 | Комментарии (0)

O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tarkibidagi “Yoshlar” telekanaliga direktor etib tayinlanadi.

Foto: “Darakchi.uz”
Bu haqda, o‘zining ishonchli manbalariga asoslanib, “Darakchi.uz” nashri xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, Ozodbek Nazarbekovning “Yoshlar” telekanaliga rahbar etib tayinlanishi Toshkentda 30-iyun kuni bo‘lib o‘tgan “Kamolot” YoIH qurultoyi vaqtida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan e’lon qilingan.

Avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan qurultoy davomida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati faoliyatini tugatib, uning o‘rnida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilingani haqida xabar berilgan edi.
Категория: Shou Biznes | Просмотров: 242 | Добавил: Admin | Дата: 01.07.2017 | Комментарии (0)

Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Iyun 2018  »
DshSshChrPshJuShYa
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930
Архив записей
Друзья сайта